1.Realme S11
Ushbu qurilmaning old tomonida 6,5 dyuymli displey joylashgan bo‘lib, u aslida qurilma old qismining 90 foizini egallaydi. Orqa tomonda siz 13 megapikselli juda katta asosiy sensorni o‘z ichiga olgan ikkita kamerani topishingiz mumkin, shuningdek, 2 megapikselli sensor ham mavjud. Bundan tashqari, modelning asosiy afzalligi kechalari tasvirlarni qayta ishlash uchun maxsus algoritmlarni o‘z ichiga olgan Super Nighscape rejimidir.
2. Vivo Y21
Cheklangan budjetga ega bo‘lganlar uchun smartfon. Kamchilikni faqat zaif protsessorda topishingiz mumkin. Agar siz zamonaviy 3D o‘yinlarni yaxshi ko‘rsangiz, bu sizning telefoningiz emas. Agar siz shunchaki messenjerlarda suhbatlashsangiz, qo‘ng‘iroq qilsangiz va internetdan foydalansangiz, hamma narsa ishlaydi.
3. Alsatel 1SE 5030D
Gadjet ajoyib yashil rangda, shuningdek, kulrang orqa paneli mavjud. U 720 × 1520 pikselli 6,22 dyuymli IPS-displeyga ega. Ichkarida 1,6 gigagersli Spreadtrum SC9863 sakkiz yadroli protsessor, 3 Gb tezkor xotira va 32 Gb kengaytiriladigan ichki xotira mavjud.
4. BQ BQ-6630L Magis L
Ushbu smartfonning asosiy afzalliklari - 6,53 dyuymli IPS ekran va 8 megapikselli old kamera. Displeyning yupqa yon ramkalari multimedia kontentini qulay ko‘rishni ta’minlaydi, shu bilan birga qurilma ixcham bo‘lib qoladi. Unisoc SC9863A protsessori qurilma tezligi uchun javobgardir. Qurilmada 3 GB operativ xotira, 32 GB disk, microSD sloti, 4920 mA/soat akkumulyator mavjud bo‘lib, u videolarni tomosha qilish va 4G internetdan foydalanishda yaxshi avtonomiyani ta’minlaydi.
5. Itel A48
Hindiston brendi Itel qurilmasi ixcham o‘lchamli va diagonali 6,1 dyuymli katta displeyga ega. Telefonning orqa qopqog‘i olinadigan, uning orqasida almashtiriladigan 3000 mA / soat batareya joylashgan. To‘liq zaryad 2-3 kunlik foydalanish uchun etarli. Bundan tashqari, qurilma barmoq izlari skaneri va yuzni ochish funksiyasiga ega. Asosiy va old kameralar yaxshi yorug‘likda qoniqarli suratga olishadi, lekin qorong‘ida suratlar sifatsiz bo‘ladi.
6 Nokia 2.4
Ushbu model 6,5 dyuymli IPS-displey bilan jihozlangan, uni ramkasiz deb atash mumkin: pastki qismida logotipli kichik «iyak» mavjud. 8 megapikselli old kamera displey markazidagi ko‘z yoshi shaklidagi kesikda yashiringan. Ichki qismlarga kelsak, 3 GB operativ xotira va 64 GB disk mavjud.
7. Redmi Note 9T
Qurilma 1080 × 2340 piksel (395 ppi) o‘lchamli 6,53 dyuymli katta IPS-displey bilan jihozlangan. Uning yuqori chap burchagidagi kichik teshikda f/2,25 maksimal diafragma bilan 13 megapikselli selfi kamerasi joylashgan. Qurilmaning yon tomonida yoqish/o‘chirish tugmasi ichiga barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Redmi Note 9T orqa tomonida uchta kamera bloki mavjud.
8. Blackview A100
Blackview A100 o‘ziga xos qurilma bo‘lib, u zarbaga chidamli. Brend ichida klassik mobil telefonlar qatori mavjud. Va A100 modeli juda yaxshi. Bugungi kunda o‘rta-past narx segmentidagi gadjetlarda u o‘zini juda yaxshi ko‘rsatmoqda. Kameralar narxiga mos keladi. Muammosiz zaryadlash butun ish kuni uchun yetarli bo‘ladi.
9. Realme Narzo 50A
6000 mA / soat kuchli batareyaga ega qurilma. Bir quvvatlantirilganda o‘rtacha ikki kun ishlaydi. G85 chipi barcha zamonaviy ilovalar va o‘yinlarni yaxshi boshqaradi. To‘g‘ri, 3D shooter va poyga o‘yinlari faqat o‘rtacha grafik sozlamalarida yaxshi ishlaydi. Narxlari oddiy foydalanuvchi uchun ajoyib imkoniyat.
10. Vivo Y31
Messenjyer, yangiliklar o‘qish va internet uchun qulay. Maqbul narxda ekanligiga qaramay, ushbu modeldagi kamera yaxshi suratga oladi. Hatto video ham chakki emas. Telefon karnayidan chiqadigan ovoz ajoyib. Foydalanuvchilar displeyning sifati yaxshi ekanini ham qayd etishadi.