Ta’mirlashsa asakasi ketadimi: buzuq yo‘lda o‘ndan ortiq avtoavariya sodir bo‘ldi

Jamiyat 10:56 / 12.11.2022 17460

Bundan tashqari yo‘lning qatnov qismining ikki joyida kanalizatsiya qudug‘i ochiq holda tashlab ketilgan. Xavfdan ogohlantiruvchi biror yo‘l belgisi qo‘yilmaganligi ham haydovchilarga noqulaylik tug‘dirmoqda. Xalqning o‘zi eski shina, shifer va beton bo‘laklaridan xavfni bildiruvchi to‘siq yasab qo‘yishgan.

«Bu yo‘lda deyarli har kuni bir ko‘ngilsiz voqea yuz beradi. Haydovchilar mana shu og‘zi ochiq quduqdan qochaman deya mashinasi rulini boshqa tomonga burib, baribir chuqurga tushib ketib shikast yetmoqda. Uzundan uzun navbatlar hosil bo‘lmoqda. Bir necha marotaba murojaat qildik. Ammo natijasi bo‘lgani yo‘q», – deydi mahalliy turg‘unlardan biri.

Mashinalar yo‘ldagi chuqurlardan o‘tayotganda tagi yerga tegib qolay demoqda.

YTHlar jiddiylashib ketmasidan, fuqarolarga kattaroq zarar yetmasidan ushbu muammoning oldini olish, yo‘lni ta’mirlab, quduqlarning og‘zini yopish zarur. Andijon viloyatidagi mutasaddilar tez orada ushbu muammoga e’tibor qaratadi, deb umid qilamiz.

Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: