MDH filmlarini namoyish qilish uchun onlayn platforma ishga tushiriladi

Jamiyat 21:37 / 11.11.2022 12683

Minskda «Listapad» kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari kinostudiyalari direktorlari kengashida filmlarni namoyish etish uchun yagona platforma yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Rejaga ko‘ra, MDH davlatlarida suratga olingan filmlar ixtisoslashtirilgan platformaga joylashtiriladi va ularni onlayn va bepul tomosha qilish imkoniyati beriladi. 

Kengashda MDH davlatlari kinostudiyalarining xalqaro ijodiy uyushmasini va Kinematograflar ijodiy uyushmasining «Oltin filmlar to‘plami»ni yaratish masalalari ham muhokama qilindi. 

Kengash ishida Belarus, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.

Belarusda 4-11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan «Listapad» kinofestivalida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kinostudiyalarining so‘nggi, shuningdek, sovet davridagi klassik filmlari namoyish etildi.

Ko‘proq yangiliklar: