Toshkentdagi qator tuman tibbiyot birlashmalariga boshliqlar tayinlandi

Jamiyat 18:10 / 09.11.2022 21625

Toshkent shahridagi tuman tibbiyot birlashmalari boshliqlari lavozimlariga o‘tkazilgan ochiq tanlov natijalariga ko‘ra, qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shoira Qahramonovna Abdusattarova — Yunusobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi bo‘lgan.

Sh. Abdusattarova 2005 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavr, 2009 yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

U o‘z faoliyati davomida poytaxtdagi 50-son oilaviy poliklinikada shifokor, bosh shifokor muovini, bosh shifokor kabi vazifalarda ishlagan.

Sanjar Fozilovich Mavlonov — Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi bo‘ldi.

S. Mavlonov 2003 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, so‘ng Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

U o‘z faoliyati davomida Sog‘liqni saqlash vazirligida 1-toifali mutaxassis, bosh mutaxassis, Toshkent tibbiyot kolleji direktori, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasida bosh mutaxassis kabi mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.

Sevara Rixsibayevna Husanova — Sergeli tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi bo‘ldi.

S. Husanova 1995 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.

U o‘z faoliyati davomida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-son oilaviy poliklinikada bosh shifokor muovini, bosh shifokor, ushbu tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari kabi mas’ul vazifalarda ishlagan. 

Saidaxon Shuhratovna Mirrahimova — Yangihayot tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi bo‘ldi.

U 2010 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan.

Tibbiyot fanlari doktori, dotsent S. Mirrahimova o‘z faoliyati davomida Samarqand viloyati ixtisoslashgan ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kafedra dotsenti kabi lavozimlarda mehnat qilgan.

Azizbek Karimbayevich Nizamov — Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi bo‘ldi.

A. Nizamov 2008 yilda Toshkent davlat tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filiali, 2010 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan.

U o‘z faoliyati davomida Salomatlik va tibbiy statistika instituti Toshkent shahar filiali direktori o‘rinbosari, Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent shahar bo‘linmasi direktori o‘rinbosari, Chilonzor tuman tibbiyot birlashmasi bosh koordinatori, Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.   

Ra’no Rahimovna Nasirova — Chilonzor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi bo‘ldi.

R. Nasirova 1995 yilda Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot institutini tamomlagan.

U o‘z faoliyati davomida Yakkasaroy tumanidagi 45-son oilaviy poliklinika bosh shifokori muovini, tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bosh shifokori muovini, 59-son oilaviy poliklinika bosh shifokori, Chilonzor tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Nigoraxon Adhamjanovna Saidova — Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.

N. Saidova 1987 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (sobiq O‘rta Osiyo meditsina pediatriya instituti)ni tamomlagan.

U o‘z faoliyati davomida Chilonzor tumani 28-son oilaviy poliklinika bolalar bo‘limi mudiri, bosh shifokor muovini, Yashnobod tumani 27-son hamda 32-son oilaviy poliklinikalar bosh shifokori kabi qator mas’ul vazifalarda ishlagan.

Xurshid Choriyevich Maxmatqulov — Bektemir tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.

X. Maxmatqulov 2011 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining bakalavr, 2014 yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

 U o‘z mehnat faoliyati davomida Respublika teri-tanosil klinik shifoxonasida bosh shifokor muovini, Surxondaryo viloyati teri-tanosil dispanseri bosh shifokori, Toshkent shahar 6-son klinik shifoxonasi bosh shifokori kabi lavozimlarda mehnat qilgan.

Anvar Akramovich Qilichev — Shayxontohur tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.

U 2008 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutining bakalavr, 2011 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan.

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) bo‘lgan A. Qilichev o‘z faoliyati davomida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida shifokor, bo‘lim mudiri, Buxoro viloyati kardiologiya dispanseri bosh vrachi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: