Arab davlatining madaniyati va tarixining qadimiy dunyosi bilan qulay sharoitlarda tanishing.
Ko‘plab yillar davomida Saudiya Arabistoni butun dunyo uchun «sirli ertak» bo‘lgan. Lekin, oxirgi yillarda ushbu davlat o‘z eshiklarini ochib, sayohatchilarga mutlaqo yangi tarixni kashf etishga imkon berdi.
Asialuxe Travel o‘z sayyohlariga ajoyib dasturga ega 3 ta original turlarni taklif qiladi:
«Jidda & Al Ulada vaqt bo‘ylab sayohat»/5 kecha — noyob diqqatga sazovor joylarga ega qiziqarli shaharlarga sayohat. Islom va taraqqiyotgacha bo‘lgan davr tarixi, Islom madaniyati merosining yorqin misollari — sizni bu yerda kutayotgan narsalarning kichik bir qismidir.
Tur narxi: 18,8 mln so‘m (ikki kishili xonada yashash sharti bilan, bir nafar voyaga yetgan kishi uchun).
«Jidda: Qizil dengiz kelinchagi»/3 kecha — o‘zining dam olish zonalari, haykaltaroshligi va dunyodagi eng baland favvora hisoblanadigan qirol Fahd favvorasining go‘zalligiga olib boradigan tur.
Tur narxi: 8,9 mln so‘m (ikki kishili xonada yashash sharti bilan, bir nafar voyaga yetgan kishi uchun).
«Ar-Riyod & Al Ulada vaqt bo‘ylab sayohat»/5 kecha — Saudiya Arabistoni afsonalari va jumboqlarni topish imkoniyati, manzarali tabiat zonalari va me’morchilik asarlarini ko‘rish, Ar-Riyod poytaxti bilan tanishish.
Tur narxi: 16,2 mln so‘m (ikki kishili xonada yashash sharti bilan, bir nafar voyaga yetgan kishi uchun).
Bundan tashqari, 2022 yil 17 noyabrdan o‘zbekistonliklar Asialuxe Travel orqali Makka va Madina shaharlariga safarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Saudiya Arabistoniga parvozlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan Uzairways milliy aviakompaniyasining havo bortlarida amalga oshiriladi. Aviakompaniya tomonidan butun parvoz davomida har bir ziyoratchiga qulaylik, xavfsizlik, mazali taomlar va ajoyib servis taqdim etiladi.
Hozirda ziyoratchilarga «Komfort» to‘plami (4 kecha Madinada/10 kecha Makkada) va quyidagi sanalar taklif qilinadi:
1-guruh: 17.11.2022 – 01.12.2022
2-guruh: 23.11.2022 – 07.12.2022
3-guruh: 01.12.2022 – 15.12.2022
Yuqorida ko‘rsatilgan sanalar shunday tanlanganki, safar vaqtida 2 ta juma bor.
Bundan tashqari, har bir ziyoratchiga Saudiya Arabistonida kerak bo‘ladigan buyumlardan iborat eksklyuziv to‘plam taqdim etiladi. To‘plam har bir ziyoratchining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, faqatgina sifatli materiallardan tayyorlangan. Bu bozorda mavjud bo‘lmagan original va ajoyib mahsulot, deb bemalol aytish mumkin.
Maxsus loyiha doirasida har bir ziyoratchiga Saudiya Arabistonida kerak bo‘ladigan buyumlardan iborat eksklyuziv to‘plam: «Mushaf» qur’oni, 5 litr muqaddas «Zam-Zam» suvi, beydjik, lanchboks, brend ryukzak/sumka/nimcha.
Aeroportdan Madinaga 6 soatli transfer vaqtida har bir ziyoratchiga quritilgan xurmo va suvdan iborat lanchboks beriladi. Madinada yashash uchun 2 martali (nonushta va kechki ovqat) ovqatlanish bazasidagi BOSPHORUS GRAND AL SAFI 4* mehmonxonasi tanlangan. Mehmonxona «Payg‘ambar» masjidi (300 m) va shaharning boshqa diqqatga sazovor joylariga piyoda yetib olsa bo‘ladigan yaqinlikda joylashgan. Makkada yashash uchun esa 2 martali (nonushta va kechki ovqat) ovqatlanish bazasidagi INFINITY MAKKAH HOTEL 4* mehmonxonasi tanlangan. Mehmonxona «Kaaba» al-Xaram masjidi (950 m) va Zam-Zam Tower (640 m) yaqinida joylashgan.
- Ikki kishili xonada yashash sharti bilan 1 kishi uchun – 23,3 mln so‘mdan boshlab;
- Uch kishili xonada yashash sharti bilan 1 kishi uchun – 21,8 mln so‘mdan boshlab;
- To‘rt kishili xonada yashash sharti bilan 1 kishi uchun – 21 mln so‘mdan boshlab.
Shuningdek, tanlov uchun eksklyuziv VIP to‘plami bor. To‘plam o‘zida premium darajani mujassam etgan bo‘lib, muqaddas udumlarni yanada qulay sharoitlarda amalga oshirishni taklif qiladi.
Dasturda ikkita shahardagi muqaddas joylarga eng muhim va kerakli ekskursiyalar bor, ekskursiyalar professional va tajribali gidlar tomonidan olib boriladi.
Turistik to‘plam band qilishda maksimal qulaylik uchun Google Play va AppStore orqali Asialuxe Travel ilovasini yuklab olishni tavsiya qilamiz.
Batafsil ma’lumotni www.asialuxe.uz sayti va +998712017777 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Asialuxe Travel – sizning milliy turoperatoringiz!
Maqola va foto-materiallar Saudi Tourism Authority (Saudiya Turistik Boshqarmasi) ko‘magida tayyorlandi.
Sayt: asialuxe.uz, sta.gov.sa
Telegram-guruh: https://t.me/Asialuxe, https://t.me/asialuxe_umra
Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
O‘zbek tilidagi qaynoq turlar: t.me/asialuxe_qaynoqtur
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @umra_asialuxe.travel @asialuxe.travel
Reklama huquqi asosida