Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti o‘tadigan kunlarda talabalarga uch kun ta’til berilishi rad etildi

Jamiyat 22:53 / 07.11.2022 647

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan talabalarga 9–11 noyabr kunlarida uch kunlik ta’til berilishi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bu xabarlarni rad etdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan hududdagi OTMda tahsil olayotgan talabalarga ta’til berilishi haqida turli asossiz xabarlar tarqalmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu xabarlar asossiz ekani va o‘sha kunlari Samarqanddagi barcha oliy o‘quv yurtlarida tasdiqlangan o‘quv jadvaliga ko‘ra dars jarayonlari odatdagidek davom etishini ma’lum qiladi», deyiladi vazirlik munosabatida.

Ma’lumot uchun, avvalroq Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan barcha ta’lim muassasalarida vaqtinchalik ta’til berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: