O‘zbekistonlik sportchilar xalqaro musobaqada 8 ta oldin medalni qo‘lga kiritdi

Sport 15:07 / 07.11.2022 290

Joriy yilning 2-6 noyabr kunlari Hindistonning Dehli shahrida kikboksing sport turi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Jumladan,

TATAMI bo‘yicha:

Sodiqov Fuzayl 42 kg vazn toifasida Layt-kontakt, Kik-layt yo‘nalishlarida 2 ta oltin medal,

Mustafin Marat 42 kg vazn toifasida Layt-kontakt, Kik-layt yo‘nalishlarida 2 ta oltin medal.

RING bo‘yicha:

Baratov Hasanxon +91 kg vazn toifasida Full-kontakt yo‘nalishida1 ta oltin medal,

Baratov Husanxon +91 kg vazn toifasida Lou-kik yo‘nalishida 1 ta oltin medal,

Nasretdinov Bekzod 67 kg vazn toifasida Full-kontakt yo‘nalishida 1 ta oltin medal,

Amirjonov Muhammadzokir 54 kg vazn toifasida Full-kontakt yo‘nalishida 1 ta oltin medal.

Ma’lumot uchun, "Indian-open” nufuzli xalqaro musobaqa hisoblanib, Taylandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati oldidan tayyorgarlik hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: