Jizzaxda ona va ikki farzandi is gazidan vafot etdi

Jamiyat 15:34 / 07.11.2022 49931

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 6 noyabr kuni kech soat 19:20 larda Jizzax viloyati FVBga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi navbatchisi tomonidan uch kishining is gazidan halok bo‘lgani haqida xabar berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Forish tumani “Oybek” MFY, Mashrab ko‘chasi 83-uyda yashovchi uy bekasi, 1988 yilda tug‘ilgan I.G. va uning o‘g‘illari, 2017 yilda tug‘ilgan B.N. hamda 2012 yilda tug‘ilgan B.B. lar yashash uyida is gazidan zaharlanish holati bilan vafot etgan.

Avvalroq, Qo‘qondagi «Hazrati Abbos» masjidi imom-xatibi oila a’zolari bilan is gazidan zaharlanib vafot etgandi.

Joriy yil 24 may kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining yigirma oltinchi yalpi majlisi oldidan bo‘lib o‘tgan majlisda so‘nggi ikki yilda 366 kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgani ma’lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: