O‘zbekiston iqtisodiy forumida “O‘zbekneftgaz” AJ yirik xalqaro kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Jamiyat 20:00 / 04.11.2022 14705

Xalqaro darajadagi yetakchi iqtisodchilar va xalqaro ekspertlarni jamlagan II O‘zbekiston iqtisodiy forumida O‘zbekistonning kelgusi besh yillik taraqqiyot strategiyasi, iqtisodiy imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.

Ushbu forumda ishbilarmon doiralar va xorijiy hamkorlar, xalqaro banklar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish, o‘zaro muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Iqtisodiy forumning birinchi kunida Ozarboyjonning “SOCAR”, Amerika Qo‘shma Shtatlarining “JPMorgan Chase Bank”, Shveytsariyaning “CreditSuisse” hamda Yaponiyaning MUFG kompaniyalari va banklarining vakillari bilan muloqot qilindi.

Muloqotda yirik xalqaro kompaniyalar va banklar rahbarlariga “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan erishilgan natijalar, raqamlashtirish va transformatsiya jarayonlari, sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Dastavval Ozarboyjonning “SOCAR” kompaniyasi Vitse-prezidenti Rafiga Guseyzoda boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan muzokaralar olib borildi. Tomonlar avval erishilgan kelishuvlarning bugungi holatini muhokama qildilar.

Shuningdek, neft va gaz sohasida investitsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish hamda ularning keyingi istiqbollari, geologiya va qidiruv ishlari, ekologik xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida texnologiyalar va tajriba almashish imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. O‘zaro tajriba almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Navbatdagi uchrashuv 2,5 trillion dollarlik aktivlarga ega bo‘lgan, uzoq yillardan buyon samarali va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan “JPMorgan Chase Bank” delegatsiyasi a’zolari bilan o‘tkazildi.

O‘z navbatida “CreditSuisse” hamda “MUFG” banki vakillari bilan ham ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va turli korporativ ehtiyojlarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, iqtisodiy forum davom etmoqda. “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan forum doirasida hamkorlik masalalari yuzasidan yana bir qator nufuzli kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: