«Barsa» menga hamma narsani berdi. Sayohatni yakunlash vaqti keldi». Pike futbolchilik faoliyatini tugatishini e’lon qildi

Sport 01:54 / 04.11.2022 21238
Foto: Getty Images

Himoyachi Jyerar Pike «Barselona»ni tark etishi va faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. 

«Oxirgi haftalar, oylar, ko‘pchilik men haqimda gapirdi. Shu paytgacha javob bermadim, lekin hozir gapiraman. 

Foto: AS

Ko‘plaringiz kabi men ham doim «Barsa» muxlisi bo‘lganman. Klub muxlislari oilasida tug‘ilganman. Bolaligimda shunchaki futbolchi emas, balki «Barsa» o‘yinchisi bo‘lishni xohlaganman. 

So‘nggi paytlarda o‘sha bola haqda ko‘p o‘ylayapman. O‘shanda unga barcha orzulari ro‘yobga chiqishini aytishganida — «Barsa»ning asosiy jamoasida o‘ynashi, hamma sovrinni yutishi, Yevropa va jahon chempioni bo‘lishi, dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan o‘ynashi va jamoa sardorlari qatoriga kirishi, bir umrlik do‘stlar topishi... 

Foto: AS

«Barselona»ga kelganimga 25 yil bo‘ldi. Ketdim, ammo qaytib keldim. Futbol menga hamma narsani berdi, «Barsa» menga hamma narsani berdi. 

Bolaning barcha orzulari amalga oshdi, men sizga qarorim haqida xabar bermoqchiman — bu sayohatni yakunlash vaqti keldi. Doim «Barca»dan boshqa jamoa bo‘lmasligini aytdim. Va shunday bo‘ladi. Shanba kungi «Almeriya»ga qarshi bahs «Kamp Nou»dagi oxirgi o‘yinim bo‘ladi. 

Foto: AS

Doimiy muxlisga aylanaman, jamoani qo‘llab-quvvatlayman. Xuddi ota-onamga o‘xshab «Barsa»ga bo‘lgan muhabbatimni farzandlarimga o‘tkazaman. Va siz meni bilasiz: ertami-kechmi qaytaman. «Kamp Nou»da ko‘rishguncha. Yashasin «Barselona!» — deydi Pike «tvitter»dagi sahifasida.

Foto: AFP

Ispaniyalik himoyachi 1997 yildan 2004 yilgacha «Barselona» akademiyasida o‘ynagan, shundan so‘ng «Manchester Yunayted»ga o‘tgan, 2008 yilda esa Kataloniyaga qaytgan.

35 yoshli futbolchi «ko‘k-anorranglilar» bilan 8 bor Ispaniya chempionati, 7 marta Ispaniya Kubogi, 6 bor mamlakat Superkubogi, 3 martadan Chempionlar Ligasi, UYeFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.

Foto: Action Images

Pike Ispaniya milliy jamoasi bilan Yevro-2012 va JCh-2010da chempion bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: