YeChL. «Tottenhem» va «Ayntraxt» pley-offda, «Bavariya»da 100 foizli natija, «Napoli»da ilk mag‘lubiyat, «Atletiko» so‘nggi o‘rinni oldi

Sport 06:11 / 02.11.2022 15991

Yevropa Chempionlar Ligasida 6-tur bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 

A guruhida «Liverpul» (15) «Napoli»ga (15) mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi. Ammo Neapol klubi uyida yirik hisobda (4:1) g‘alaba qozongani uchun birinchi, mersisaydliklar ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishdi. «Ayaks» (6) «Reyndjers»ni (0) Glazgoda ham yengib, Yevropa Ligasiga yo‘l oldi.

V guruhida «Portu» (12) o‘z maydonida «Atletiko» (5) ustidan g‘alaba qozonib, 1-o‘rin bilan 1/8 finalga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Jahonning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyi boshqaradigan madridliklar esa so‘nggi o‘ringa tushib, yevrokuboklarsiz qoldi. «Bayyer» (5) Leverkuzenda «Bryugge» (11) bilan durang qayd etdi va «Atletiko»ga qarshi o‘zaro bahslardagi ustunlik evaziga Yevropa Ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Hammasi hal bo‘lgan S guruhida «Bavariya» (18) «Inter»ni (10) mag‘lub etib, 100 foizli natija ko‘rsatgan yagona jamoaga aylandi. «Barselona» (7) gollarga boy to‘qnashuvda Plzenda «Viktoriya»dan (0) ustun keldi.

D guruhida «Tottenhem» (11) va «Ayntraxt» (10) irodali g‘alaba evaziga 1/8 finalga yo‘l olishdi. «Sporting» (7) yurishini Yevropa Ligasida davom ettiradi, «Marsel» (6) yevrokuboklarsiz qoldi.

YeChL. 6-tur. 1 noyabr

A guruhi
Liverpul — Napoli 2:0
Gollar:
Saloh (85), Nunes (90+8).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Remzi, 87), van Deyk, Konate, Tsimikas, Milner (Elliott, 48), Tiago (Baychetich, 87), Fabino, Jons (Nunes, 73), Firmino (Karvalyu, 87), Saloh. 
Napoli – Meret, Di Lorenso, Estigor, Kim, Olivera, Lobotka (Zelinski, 83), Zambo-Angissa, Ndombele (Raspadori, 87), Politano (Losano, 70), Osimhen (Simeone, 87), Kvaratsxeliya (Elmaz, 83).

Reyndjers — Ayaks 1:3
Gollar:
Taverne (86, penalti) — Bergeys (4), Quddus (29), Konseysau (89). 
Reyndjers – Makgregor, Taverne, Sends, King, Barishich, Devis (Kamara, 60), Arfild (Louri, 84), Cholak (Morelos, 60), Kent (Matondo, 83), Sakala, Tillman (Rayt, 61).
Ayaks – Pasveyer, Sanches, Bassi, Timber, Veyndal (Rensx, 44), Alvares, Taylor (Grillich, 87), Quddus, Tadich, Bergeys (Klassen, 55), Bergveyn (F.Konseysau, 88).

V guruhi
Portu — Atletiko 2:1
Gollar:
Torimiy (5), Eushtakiu (24) — Markano (90+5, avtogol).
Portu – D.Koshta, Markano, Kardozu, Sanusi (Vendell, 53), Otavio (Borjyesh, 89), Gruyich, Eushtakiu, Pepe (R.Konseysau, 89), Torimiy, Galeno (Folya, 89), Evanilson (Toni, 81). 
Atletiko – Oblak, Molina, Savich, Ximenes, Reynildu, Saul (Karrasko, 60), Vitsel, de Paul, Grizmann, Korrea (Barrios, 85), Felish (Kunya, 61).

Bayyer — Bryugge 0:0
Bayyer
– Gradetski, Frimpong, Ta, Tapsoba, Kossunu, Bakker, Andrix, Palasios (Demirbay, 46), Hadson-Odoi (Amiri, 76), Shik (Glojyek, 89), Diabi (Adli, 76). 
Bryugge – Minole, Boyata, Mexele, Meyyer, Sobol (Larin, 79), Vanaken, Nilsen, Lang (Olsen, 67), Byukenen, Soua, Yutgla (Yaremchuk, 87).

S guruhi
Bavariya — Inter 2:0
Gollar:
Pavar (32), Shupo-Moting (72). 
Bavariya – Ulrayx, Mazraui (Musiala, 65), Upamekano (Devis, 46), Pavar, Stanishich, Zabitser, Kimmix, Gravenberx, Shupo-Moting (Tel, 73), Mane (Gnabri, 66), Koman (Vanner, 76). 
Inter – Onana, Bellanova, Darmian, de Vrey (Shkrinyar, 76), Acherbi, Gozens, Galyardini (Chalxono‘g‘li, 60), Barella (Mxitaryan, 60), Aslani, Korrea (Karboni, 76), Martines (Jyeko, 60).

Viktoriya Plzen — Barselona 2:4
Gollar:
Xori (51 penalti, 63) — Alonso (6), Torres (44, 54), Torre (75). 
Viktoriya Plzen – Stanek, Golik, Geyda, Pernitsa, Yemelka (Gavel, 57), Pilarj (Kronus, 88), Vlkanova, Kalvax (Chermak, 78), Yirka, Ndiay (Buxa, 57), Xori (Bassi, 79). 
Barselona – Penya, Belerin, Pike, Alonso, Alba (Balde, 57), Kesse (Kasado, 67), Torre (Sans, 78), Gavi, Rafinya (Dembele, 78), Torres, Fati.

D guruhi
Marsel — Tottenhem 1:2
Gollar:
Mbemba (45+2) — Langle (54), Hyoyberg (90+5).
Marsel – Lopes, Kloss (Kabore, 74), Mbemba, Bayi (Jigo, 9; Kolashinats, 73), Balerdi, Tavaresh, Veretu (Under, 74), Ronjye (Suares, 83), Harit, Genduzi, Sanches.
Tottenhem – Loris, Dayyer, Devis, Langle, Sessenon (Emerson, 46), Perishich, Hyoyberg, Bentankur (Skipp, 84), Son (Bissuma, 29), Moura (Xil, 90), Keyn.

Sporting — Ayntraxt 1:2
Gollar:
Artur (39) — Kamada (62, penalti), Kolo-Muani (72).
Sporting – Adan, Porro, Koates, Sen-Jyust (Kabral, 78), Inasiu, Santush (Reys, 32), Artur, Ugarte (Essugu, 63), Gonsalvesh, Paulinyu, Edvards (Trinkau, 63).
Ayntraxt – Trapp, Yakich (Smolchich, 81), Ndika, Tuta, Pellegrini, Ebimbe (Knauff, 69), Sou, Kamada, Gyotse (Alidu, 90), Lindstrem (Rode, 46), Kolo-Muani (Borre, 80).

Ko‘proq yangiliklar: