Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Indorama agro” MChJ xodimlari viloyat IIBga murojaat qilib, Telegram’dagi guruhda “Rahul” nomli foydalanuvchi ingliz tilida korxona ishchi-xodimlarini haqorat qilganini, bu bir qancha ishchilarning e’tirozlarga sabab bo‘lganini bildirib, ushbu shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Telegram messenjerida xaqoratli so‘zlarni ishlatgan shaxs Hindiston davlatida tug‘ilgan, hozirda “Indorama agro” MChJda ishlovchi xodim K.R. ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Jizzaxda itni tiriklay kuydirgan Xitoy fuqarosiga chora ko‘rilgandi.