Qashqadaryoda MAN yuk mashinasida yong‘in chiqdi

Jamiyat 16:21 / 30.10.2022 11093

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida MAN yuk mashinasida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

29 oktyabr kuni taxminan soat 21:43 larda Yakkabog‘ tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga fuqarolardan yuk mashinasi yonayotgani to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan. Voqea joyiga soat 21:50 larda qutqaruv xizmatidan bitta bo‘linma yetib borib, yong‘inni taxminan soat 22:13 lar atrofida to‘liq o‘chirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu transport vositasi Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan. Voqea payti mazkur yuk avtomobili tumanning «Oqtosh» MFY hududidan o‘tuvchi yo‘l yoqasida to‘xtab turgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati FVB matbuot xizmati

Yong‘in oqibatida yuk avtomobilining old (kabina) qismi yonib zararlangan. Hech kim tan jarohati olmagan. Yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Foto: Qashqadaryo viloyati FVB matbuot xizmati

Qashqadaryo IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, yong‘in elektr simlarida qisqa tutashuv yuz bergani sababli kelib chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: