YeChL. «Liverpul», «Inter» va «Portu» pley-offda, «Atletiko» va «Barselona» guruhdan chiqa olmadi

Sport 04:30 / 27.10.2022 6947

Yevropa Chempionlar Ligasida 5-tur yakunlandi.

A guruhida «Napoli» (15) 5-o‘yinda ham g‘alaba qozondi. «Liverpul» (12) Amsterdamda «Ayaks»ni (3) yirik hisobda yengib, pley-offga yo‘l oldi.

V guruhida «Atletiko» (5) dramatik o‘yinda o‘z uyida «Bayyer»ni (4) mag‘lub etolmadi va 1/8 finalga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Madridliklar 90+9-daqiqada penaltidan foydalana olishmadi. Bu durang «Bryugge»ni (10) tor-mor etgan «Portu»ni (9) keyingi bosqichga olib chiqdi.

S guruhida «Bavariya» (15) Yevropa Ligasiga ravona bo‘lgan «Barselona»ni (4) qatorasiga 6-o‘yinda mag‘lubiyatga uchratdi va 1-o‘rin bilan guruhdan chiqdi. «Inter» (10) «Viktoriya»ni (0) tor-mor etib, 2-o‘rinni egalladi.

D guruhida «Tottenhem» (8) «Sporting» (7) bilan bahsda g‘alaba qozona olmadi, Keynning 90+6-daqiqadagi goli bekor qilindi. «Ayntraxt» (7) esa «Marsel»dan (6) ustun keldi. Natijada so‘nggi tur oldidan barcha jamoada imkoniyat qoldi.

YeChL. 5-tur. 26 oktabr

A guruhi
Ayaks — Liverpul 0:3
Gollar:
Saloh (42), Nunes (49), Elliott (52). 
Ayaks – Pasveyer, Sanches, Bassi, Timber, Blind (Veyndal, 58), Klassen (Quddus, 58), Alvares (Grillich, 85), Tadich, Bergeys (Konseysau, 85), Bergveyn, Brobbi (Taylor, 63). 
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes, Roberson (Tsimikas, 87), Elliott (Karvalyu, 71), Henderson (Milner, 71), Fabino (Baychetich, 71), Firmino, Saloh, Nunes (Jons, 63).

Napoli — Reyndjers 3:0
Gollar:
Simeone (11, 16), Estigor (80).
Napoli – Meret, Di Lorenso (Dzanoli, 86), Estigor, Kim, Ruy, Lobotka (Zelinski, 83), Elmaz (Gaetano, 73), Ndombele, Politano (Losano, 73), Simeone, Raspadori (Dzerbin, 83).
Reyndjers – Makgregor, Taverne, Devis, King (Barishich, 76), Yilmaz, Landstrem, Rayt (Sakala, 46), Sends, Morelos (Cholak, 68), Kent, Tillman (Arfild, 67).

V guruhi
Atletiko — Bayyer 2:2
Gollar:
Karrasko (22), de Paul (50) — Diabi (9), Hadson-Odoi (29). 
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Karrasko (90+9).
Atletiko – Oblak, Molina, Ximenes (Felish, 87), Ermoso (Saul, 46), Reynildu, Karrasko, Kondogbia, Vitsel, Korrea (de Paul, 46), Grizmann, Morata (Kunya, 61). 
Bayyer – Gradetski, Frimpong, Tapsoba (Ta, 61), Kossunu, Inkapie, Bakker, Andrix, Amiri, Hadson-Odoi (Adli, 61), Diabi (Paulino, 77), Glojyek (Fosu-Mensa, 89).

Bryugge — Portu 0:4
Gollar:
Torimiy (33, 70), Evanilson (57), Eushtakiu (60). 
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Lang (51).
Bryugge – Minole, Odoi (Meyyer, 71), Mexele, Silla (Boyata, 71), Vanaken, Nilsen (Audor, 80), Nvadike (Balanta, 81), Byukenen, Lang, Olsen (Nusa, 71), Yutgla. 
Portu – D.Koshta, Kardozu, Karmu, Sanusi (Vendell, 77), Uribe, Otavio, Eushtakiu (B.Koshta, 77), Pepe (Toni, 88), Torimiy, Galeno (Veron, 77), Evanilson (Konseysau, 88).

S guruhi
Barselona — Bavariya 0:3
Gollar:
Mane (10), Shupo-Moting (31), Pavar (90+5).
Barselona – ter Stegen, Belerin, Alonso, Kunde (Garsiya, 68), Balde, Buskets (Torres, 58), Kessie, de Yong, Pedri (Rafinya, 59), Levandovski (Torre, 82), Dembele (Fati, 68).
Bavariya – Ulrayx, Mazraui (Stanishich, 79), Upamekano (Pavar, 63), de Ligt, Devis, Goretska (Zabitser, 46), Kimmix, Shupo-Moting (Myuller, 63), Mane, Gnabri, Musiala (Gravenberx, 67).

Inter — Viktoriya Plzen 4:0
Gollar:
Mxitaryan (35), Jyeko (42, 66),  Lukaku (87).
Inter – Onana, Dumfris, Acherbi, Shkrinyar, Bastoni, Dimarko (Gozens, 77), Mxitaryan (Galyardini, 83), Chalxono‘g‘li (Aslani, 71), Barella, Jyeko (Korrea, 71), Martines (Lukaku, 83). 
Viktoriya Plzen – Stanek, Gavel, Geyda, Pernitsa, Tijani (Yemelka, 52), Moskera, Vlkanova (Pilarj, 84), Kalvax (Ndiay, 70), Yirka (Golik, 46), Buxa, Bassi (Xori, 46).

Ko‘proq yangiliklar: