«Barselona» guruhda qolib ketdi, Madridda drama. YeChLda kun o‘yinlari

Sport 15:23 / 27.10.2022 26534

Madriddagi shok

Bryugge — Portu 0:4
Gollar: Torimiy (33, 70), Evanilson (57), Eushtakiu (60). 
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Lang (51).
Bryugge – Minole, Odoi (Meyyer, 71), Mexele, Silla (Boyata, 71), Vanaken, Nilsen (Audor, 80), Nvadike (Balanta, 81), Byukenen, Lang, Olsen (Nusa, 71), Yutgla. 
Portu – D.Koshta, Kardozu, Karmu, Sanusi (Vendell, 77), Uribe, Otavio, Eushtakiu (B.Koshta, 77), Pepe (Toni, 88), Torimiy, Galeno (Veron, 77), Evanilson (Konseysau, 88).
Ogohlantirishlar: Odoi (28), Eushtakiu (29), Otavio (42), Karmu (49), Silla (54), Nvadike (56), Uribe (65).

«Portu» darvozaboni Diogu Koshta — hozirdanoq bu safargi Chempionlar ligasi qahramonlaridan. U «Bayyer»ga qarshi ikki o‘yinda ham penaltilarni qaytargandi, Bryuggeda esa yana jasorat ko‘rsatdi. Himoyachi David Karmu to‘p jarima maydonidan uzoqlashtirilganidan keyin gazonda yotgan holda butsasining ostki qismi bilan raqib oyog‘iga tepdi.

«Ajdarlar»ning barcha sa’y-harakatlari havoga uchishi mumkin edi, ammo Koshta jamoani o‘yinda qoldirdi. Avvaliga u Vanaken ijro etgan 11-metrlik zarbani qaytardi, videotakrordan keyin darvozabon to‘p tepilishidan oldin harakatga kelgani ma’lum bo‘lgach, takroriy zarbani amalga oshirgan Lang ham Koshtani alday olmadi. 

Bu vaqtda «Portu»ning ustunligi minimal edi va 392 daqiqa davomida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan Minole darvozasiga urilgan golni Otaviu uyushtirdi, u maydon markazida to‘pni egalladi va Torimiyni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Pley-off masalasini allaqachon hal qilib bo‘lgan «Bryugge» esa Koshtaning qahramonliklaridan keyin hujum qilishdan to‘xtab qoldi. Evanilson himoyachilar xatosidan foydalanib, ikkinchi golni urdi, o‘yinning qolgan qismida mehmonlar yana ikki gol urishdi.

Atletiko — Bayyer 2:2
Gollar: Karrasko (22), de Paul (50) — Diabi (9), Hadson-Odoi (29). 
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Karrasko (90+9).
Atletiko – Oblak, Molina, Ximenes (Felish, 87), Ermoso (Saul, 46), Reynildu, Karrasko, Kondogbia, Vitsel, Korrea (de Paul, 46), Grizmann, Morata (Kunya, 61). 
Bayyer – Gradetski, Frimpong, Tapsoba (Ta, 61), Kossunu, Inkapie, Bakker, Andrix, Amiri, Hadson-Odoi (Adli, 61), Diabi (Paulino, 77), Glojyek (Fosu-Mensa, 89).
Ogohlantirishlar: Xabi Alonso (41), Gradetski (65), Bakker (66), Inkapie (78), Ximenes (79), Kondogbia (87), Simeone (90).

«Portu»ning safar o‘yinidagi g‘alabasi «Atletiko»ga tanlov qoldirmadi — madridliklardan faqat g‘alaba talab etilardi. Ammo hujum chizig‘i futbolchilari nafaqat «Bayyer» darvozasiga, balki o‘z darvozalariga ham xavf solishdi. Grizmanning qanotda to‘p yo‘qotishi Diabi o‘tkir burchakdan hisobni ochishiga olib keldi, Korrea o‘z jamoasi jarima maydoni yaqinida aldashga kirishib, to‘p yo‘qotishi — Hadson-Odoining muvaffaqiyati bilan yakunlandi.

Bu ikki gol orasida Ferreyra-Karrasko «matraschilar» faolligini birgina golga aylantira oldi. Bu belgiyalik futbolchi oqshom qahramoniga aylanishi mumkin edi, u o‘yin davomida jamoani o‘z ortidan ergashtirdi, ikkinchi bo‘lim boshida aynan u himoyachilarni o‘ziga jalb qildi va zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan De Paulni qulay vaziyatga chiqardi.

O‘yin shiddatli kechishda davom etdi, mezbonlar ketma-ket zarbalar berishdi, bunday uchrashuvlarda «Atletiko» ko‘p hollarda xarakter ko‘rsatib, g‘alabani ilib ketadi. Bu safar ham shunday bo‘lishi muqarrardek edi, qo‘shimcha daqiqalar yakunlanayotganida, nemislar darvozasi tomonidan burchak zarbasi ijro etilganida, videotakrordan keyin to‘p Oblakka kelayotganida u «Bayyer» futbolchisining qo‘liga tegib yo‘nalishini o‘zgartirgani qayd etildi.

Ammo madridliklar taqdirning bunday sovg‘asidan foydalana olishmadi. «Nuqta»ga o‘yinning eng yaxshisi bo‘lib turgan futbolchi yaqinlashdi, ammo Gradetski Ferreyra-Karraskoning zarbasini qaytardi, qaytgan to‘pga Saul bosh bilan zarba berdi, to‘p to‘sindan qaytdi, uchinchi zarba darvozaga kirishi muqarrar edi, ammo atrofda nimalar bo‘layotganini anglamay turgan omadsiz penaltichi uning yo‘lidan chiqdi. Bu barchani shok holatga tushirdi.

Endi madridliklar oxirgi turda Portugaliyada Yevropa ligasiga yo‘llanma uchun kurashadi.

1 noyabr. Bayyer — Bryugge, Portu — Atletiko.

Lukakuning qaytishi

Inter — Viktoriya Plzen 4:0
Gollar: Mxitaryan (35), Jyeko (42, 66),  Lukaku (87).
Inter – Onana, Dumfris, Acherbi, Shkrinyar, Bastoni, Dimarko (Gozens, 77), Mxitaryan (Galyardini, 83), Chalxono‘g‘li (Aslani, 71), Barella, Jyeko (Korrea, 71), Martines (Lukaku, 83). 
Viktoriya Plzen – Stanek, Gavel, Geyda, Pernitsa, Tijani (Yemelka, 52), Moskera, Vlkanova (Pilarj, 84), Kalvax (Ndiay, 70), Yirka (Golik, 46), Buxa, Bassi (Xori, 46).
Ogohlantirishlar: Moskera (45), Pernitsa (49).

«Inter» o‘z o‘yinida masalani hal qildi va bu o‘yindan keyin «Barselona» pley-offga chiqa olmasligi aniq bo‘lib ulgurdi. Simone Indzagi qatorasiga ikkinchi yil Antonio Konte qila olmagan ishni uddaladi.

Ammo aytish kerakki, gol urishni haddan tashqari ko‘p istash milanliklar jamoasi futbolchilariga xalaqit ham berdi va hujumlarni yakunlash bosqichida muammolar kuzatildi. Bunday holatda qandaydir noodatiy qaror talab etilardi va buni oldinga o‘tgan himoyachi Bastoni va o‘ziga xos bo‘lmagan holda boshi bilan to‘pni darvozaga yo‘naltirgan Mxitaryan uddalashdi.

Bu hujumda to‘p aslida baland bo‘yli Jyekoga yo‘naltirilgandi, ammo bosniyalik faxriy futbolchi ham baribir o‘z gollarini urdi. «Inter» o‘yin oxirida yana hujumlarni kuchaytirdi - maydonga tribunalardagi olqishlar ostida Lukaku tushib keldi, ikki oy davomida jarohat tufayli o‘ynamagan belgiyalik hujumchiga gol urish uchun bir necha daqiqa yetarli bo‘ldi va hisob yanada yiriklashtirildi.

Barselona — Bavariya 0:3
Gollar: Mane (10), Shupo-Moting (31), Pavar (90+5).
Barselona – ter Stegen, Belerin, Alonso, Kunde (Garsiya, 68), Balde, Buskets (Torres, 58), Kessie, de Yong, Pedri (Rafinya, 59), Levandovski (Torre, 82), Dembele (Fati, 68).
Bavariya – Ulrayx, Mazraui (Stanishich, 79), Upamekano (Pavar, 63), de Ligt, Devis, Goretska (Zabitser, 46), Kimmix, Shupo-Moting (Myuller, 63), Mane, Gnabri, Musiala (Gravenberh, 67).
Ogohlantirishlar: Mazraui (16), Goretska (23), Upamekano (35), Buskets (41).

«Barselona» va «Bavariya» uchrashuvi nomlar jihatidan Chempionlar ligasining chorshanba oqshomidagi markaziy uchrashuvi bo‘lishi kerak edi. Ammo bu o‘yinda turnir intrigasi deyarli yo‘q edi — myunxenliklar allaqachon pley-off masalasini hal qilgan, kataloniyaliklar esa «Inter» Chexiyaning «Viktoriya» klubi ustidan yirik hisobda g‘alaba qozongach (4:0), asosiy yevrokubokdagi ishtirokini to‘xtatishi ma’lum bo‘lib ulgurdi.

«Barselona» aralash tarkib tushirishga qaror qildi va bu jamoa o‘yiniga ta’sir qilmay qolmadi. La ligada yangi mavsumni yangi tarkib bilan kuchli o‘tkazayotgan ko‘k-anorranglilar uchun aynan «Bavariya»ga qarshi sentabrda kechgan mag‘lubiyatli o‘yin qora kunlarni boshlab bergandi: «Inter» bilan o‘yinlardagi mag‘lubiyat va durang esa jamoa uchun amalda guruhdan chiqish imkonini yo‘qotdi, uning ortidan «Real»ga qarshi klasikoda fiasko ro‘y berdi. Muvaffaqiyatsizliklar seriyasidan keyin Xavi jamoasi la ligada «Vilyarreal» va «Atletik»ni yirik hisoblarda tor-mor etdi, ammo to‘liq tiklanish uchun bu yetarli bo‘lmadi. Hozirgi «Barselona» qit’aning eng yaxshi jamoalari bilan tengma-teng o‘ynash uchun hali yanada o‘sishi kerak.

«Barselona» so‘nggi 10 yilda «Bavariya»ga noodatiy darajada ko‘p yutqazgan, ularning aksarida sharmandali mag‘lubiyatlar qayd etilgan. Barchasi Xosep Gvardiola ketgach boshlangan. 2013 yilda Tito Vilanova boshqaruvida kataloniyaliklar YeChL yarimfinalida Myunxen jamoasidan 0:4 va 0:3 hisoblarida mag‘lub bo‘lishgan. Bu yaqindagina asosiy yevrokubokni qo‘lga kiritgan tarkib edi. Ikki yil o‘tib katalonlar revansh olishadi — Messi dubl qayd etgan o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qayd etiladi (to‘g‘ri, javob o‘yinida nemislar 3:2 hisobida ustun kelishadi). Shundan keyin ko‘k-anorranglilarni 2020 yilgi yarimfinalda dahshatli o‘yin kutardi - 2:8, keyingi mavsumda guruh bosqichida ikki o‘yin ham 0:3 hisoblarida yakunlanadi. 2022 yilgi mavsumda ikkinchi davra yakunlariga ko‘ra «Barselona» «Bavariya»ga so‘nggi 8 uchrashuvdan 7 tasida mag‘lub bo‘lgan bo‘lib chiqdi.

«Myunxenda omadimiz kelmadi, ammo hozir «Barsa» biz o‘shanda «Bavariya»dan yaxshiroq bo‘lganimizni isbotlamoqchi. Top-jamoalar bilan bir darajada ekanimizni isbotlamoqchimiz», — dedi Xavi o‘yindan oldin. Ispaniyalik mutaxassis yangi yechimlar izlashga urindi — bu safar Markos Alonsoni markaziy himoyachi o‘rnida, Pedrini esa chap qanot hujumchisi sifatida sinab ko‘rdi.

Yulian Nagelsmann esa Tomas Myullerni zaxira o‘rindig‘ida qoldirishni o‘ziga ep ko‘rdi. «Bavariya» 4-2-3-1 sxemasida o‘yinni boshladi, bunda maydon markazida nazorat qiluvchi juftlikni Kimmih va Goretska tashkil qildi, hujum markazini Shupo-Moting egalladi.

O‘yin boshidanoq bu o‘yinda tarixiy o‘zgarish bo‘lmasligi ayonlashdi. 10-daqiqaga kelib «Barselona» mudofaasi barbod bo‘ldi va Sadio Mane hisobni ochdi. Keyin ter Shtegen darvozasi atrofida yana bir qancha vaziyatlar bo‘ldi va Shupo-Moting tomonidan ikkinchi gol urildi. Bo‘lim oxirida «Barsa» faqat mo‘jiza tufayli Musiala uchinchi golni urishidan qutulib qoldi, hakam esa videotakrordan keyin nemislar jamoasi darvozasiga penalti qo‘ymaslikka qaror qildi.

Ikkinchi bo‘limda ham o‘yinning borishi o‘zgarmadi. «Bavariya» uchinchi golni urdi, ammo Gnabri zarba berishdan oldin ofsaydga tushib qolgani ma’lum bo‘ldi, maydon egalarida esa golli vaziyatlar bo‘lmadi, qo‘shimcha daqiqalarda Pavar hisobni yiriklashtirdi. 0:2 va 0:3 — «Barsa»ning bu mavsumda Myunxen klubiga qarshi o‘yinlardagi natijalari.

Kataloniyaliklar so‘nggi 10 yilda myunxenliklar grandiga qarshi 9 o‘yindan 8 tasida jami 7:28 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Jamoa Gvardiolaning oltin davridan keyin faqat bir marta, 2015 yilda Chempionlar ligasida porlagan va chempionlikni qo‘lga kiritgan. «Bavariya» uchun esa YeChLda «Barselona» ustidan g‘alaba odatiy holatga aylangan va mahalliy fanatlar «Shtutgart» va «Hoffenhaym»ga qarshi o‘yinlar oldidan ko‘proq asabiylashishadi. 

1 noyabr. Bavariya — Inter, Viktoriya Pl — Barselona.

O‘g‘il otasidan muvaffaqiyatliroq

Napoli — Reyndjers 3:0
Gollar: Simeone (11, 16), Estigor (80).
Napoli – Meret, Di Lorenso (Dzanoli, 86), Estigor, Kim, Ruy, Lobotka (Zelinski, 83), Elmaz (Gaetano, 73), Ndombele, Politano (Losano, 73), Simeone, Raspadori (Dzerbin, 83).
Reyndjers – Makgregor, Taverne, Devis, King (Barishich, 76), Yilmaz, Landstrem, Rayt (Sakala, 46), Sends, Morelos (Cholak, 68), Kent, Tillman (Arfild, 67).
Ogohlantirishlar:
Devis (9), Landstrem (42), Kim Min Chje (88), Mariu Ruy (90).

Luchano Spalletti nihoyat Kvaratsxeliyaga dam berdi. Xvicha «Napoli»ning boshqa yulduzlari bilan birgalikda jamoa kuchsiz raqib mudofaasini qanday yakson etishini tomosha qildi. Bu ishni hammadan ko‘ra Simeone yaxshiroq uddaladi, u bu mavsumda orzusiga erishib, Chempionlar ligasida gol urgandi va turnirda o‘zining taniqli otasi Diyego Simeonedan yaxshiroq ishtirok etmoqda.

Jovanni asosiy yevrokubokdagi dastlabki to‘rt uchrashuvida to‘rt gol urgan holda otasining natijasini takrorladi va bunga erishgan ikkinchi argentinalikka aylandi. Kichik Simeoneda het-trik bo‘lishi ham mumkin edi, ammo «Reyndjers»ni Makgregor qutqarib qoldi.

Ayaks — Liverpul 0:3
Gollar: Saloh (42), Nunes (49), Elliott (52). 
Ayaks – Pasveyer, Sanches, Bassi, Timber, Blind (Veyndal, 58), Klassen (Quddus, 58), Alvares (Grillich, 85), Tadich, Bergeys (Konseysau, 85), Bergveyn, Brobbi (Taylor, 63). 
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes, Roberson (Tsimikas, 87), Elliott (Karvalyu, 71), Henderson (Milner, 71), Fabino (Baychetich, 71), Firmino, Saloh, Nunes (Jons, 63).

Pley-offga chiqish imkonini saqlab qolish uchun «Ayaks» qolgan ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozonishi talab etilardi, ammo amsterdamliklar o‘yinni Berghaysning darvoza ustuniga tekkan zarbasi bilan boshlashdi va hujumlarni muvaffaqiyatsiz davom ettirdi. «Liverpul» esa birinchi bo‘limdayoq tajriba evaziga natijaga erishdi. Hendersonning noziklik bilan yo‘llagan pasi va Salohning gol sezish qobiliyati mezbonlar darvozaboni Pasveyerni dog‘da qoldirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Nunes burchak zarbasi ijro etilganida mahoratini ishga solib, boshi bilan to‘pni darvozaning olis burchagiga yo‘lladi, bir necha daqiqa o‘tib Elliot to‘pni to‘sin ostidan darvoza to‘riga joyladi va amalda mezbonlar oq bayroq ko‘tarishdi.

Endi ular so‘nggi turda Glazgoda Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadi. Erik ten Hag ketgach ko‘p narsa yo‘qotgan «Ayaks» yo‘llanmaga ega bo‘lishi uchun «Reyndjers»ga yirik hisobda yutqazmasligi ham kifoya qiladi.

1 noyabr. Liverpul — Napoli, Reyndjers — Ayaks.

Keyn g‘alaba golisiz qoldi

Tottenhem — Sporting 1:1
Gollar: Bentankur (80) — Edvards (22).
Tottenhem – Loris, Doerti (Xil, 71), Dayyer, Devis (Langle, 81), Romero, Perishich, Hyoyberg, Bentankur, Son, Moura (Emerson, 82), Keyn.
Sporting – Adan, Porro, Koates, Reys, Inasiu, Santush (Nazinyu, 62), Ugarte, Morita (M.Fernandesh, 61), Paulinyu (Sen-Jyust, 75), Edvards (Issaxaku, 71), Trinkau (Artur, 71).
Ogohlantirishlar: Koates (41), Romero (67), Ugarte (83).
Chetlatish: Konte (90).

Bir oy muqaddam «Sporting» «Tottenhem»ni mag‘lub etgan va ikki turdan keyin 6 ochko bilan guruhda yetakchilik qilayotgandi. Ammo lissabonliklar «Marsel»ga qarshi ikki o‘yinni ham barbod qilishdi, ikki o‘yinda ham darvozabon va himoyachilar pand berishdi va jamoa uchinchi o‘ringa tushib ketdi. Portugallar Londonga qurbon rolida kelishdi, ammo bunga «Tottenhem» tarbiyalanuvchisi Edvards rozi bo‘lmadi va uzoqdan yo‘llagan aniq zarbasi bilan Llorisni to‘pni darvozadan olib chiqishga majbur qildi.

Ikkinchi bo‘lim kutilganidek mezbonlarning adoqsiz bosimlari bilan kechdi va bu o‘yin oxirlarida natija berdi. Va yana «Sporting»ni Adan uyaltirdi, u burchak zarbasi ijro etilganida to‘pga chiqishda yomon harakat qildi va Bentankur hisobni tenglashtirdi. Bir necha daqiqa o‘tib Dayyer «Tottenhem»ni hisobda oldinga olib chiqishga yaqin keldi. Mezbonlar «sherlar»ni baribir taslim etadigandek ko‘rinayotgandi va Keyn qo‘shimcha daqiqalarda darvozani ishg‘ol ham qildi, ammo VAR ofsayd qayd etdi.

Ayntraxt — Marsel 2:1
Gollar: Kamada (3), Kolo-Muani (21) — Genduzi (22).
Ayntraxt – Trapp, Yakich, Ndika, Smolchich, Lens (Pellegrini, 45), Ebimbe (Alidu, 79), Gyotse, Sou, Kamada, Lindstrem (Rode, 69), Kolo-Muani (Borre, 79).
Marsel – Lopes, Kloss (Suares, 86), Mbemba, Jigo (Kolashinats, 60), Balerdi, Nunu Tavaresh, Veretu, Ronjye, Harit, Genduzi (Under, 60), Sanches.
Ogohlantirishlar: Nunu Tavaresh (25), Veretu (40), Kolo-Muani (54), Smolchich (57), Tudor (73), Ebimbe (75), Suares (86).

«Ayntraxt» esa so‘nggi o‘rindan yuqorilab, guruhdagi vaziyatni yanada chalkashtirib yubordi. Ha, nemislar Genduzining ajoyib gol urishiga xalal bera olmadi, ammo «burgutlar» bungacha ikki gol urib bo‘lishgandi. Ilk daqiqalarda Jigo ilojsiz ahvolda qoldirildi, keyin esa Gyotse va Kolo Muani kombinatsiyasi bilan hisobdagi ustunlik oshirildi. «Marsel» endi so‘nggi o‘rinda, ammo bu jamoada ham pley-offga chiqish imkoniyati saqlanib qolmoqda. Bu kvartetda bir haftadan keyin ikkita finalga teng o‘yin bo‘lib o‘tadi.

1 noyabr. Sporting L — Ayntraxt F, Marsel — Tottenhem.

Kun statistikasi

  • «Barselona» XXI asrda ilk bor ketma-ket ikki yil guruhdan chiqa olmadi. So‘nggi bor van Gal bilan (1997/98, 1998/99) shunday bo‘lgan.
  • Ibrahimovich, Kivu va Karyudan keyin yevrokuboklarda 7 ta turli klublar safida gol urgan 4-futbolchi Mxitaryan bo‘ldi.
  • «Portu» darvozaboni Diogu Koshta barcha turnirlar doirasida 5 penaltini qaytardi va klubning yangi rekordini o‘rnatdi.
  • 27 yoshu 295 kun — «Ayaks»ning Chempionlar ligasi tarixidagi eng katta yoshli tarkibi.
Ko‘proq yangiliklar: