YeChL. Yana to‘rt jamoa pley-off masalasini hal qildi

Sport 02:11 / 26.10.2022 7914

Yevropa Chempionlar Ligasida 4ta guruhda 5-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Ye guruhida «Chelsi» (10) safarda «Zalsburg»ni (6) mag‘lub etib, 1-o‘rin bilan 1/8 finalga yo‘l oldi. «Milan» (7) Zagrebda «Dinamo»ga (4) javobsiz 4ta gol urib, 2-o‘ringa ko‘tariddi. Pioli jamoasining so‘nggi turdagi «Zalsburg» bilan o‘yinida ikkinchi yo‘llanma sohibi ma’lum bo‘ladi.

F guruhida «Real» (10) mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini «Leypsig»dan (9) qabul qilib oldi. «Shaxtyor» (6) «Seltik» (2) bilan durang o‘ynab, 2-o‘rin uchun imkoniyatni saqlab qoldi.

G guruhida «Borussiya D» (8) «Manchester Siti»dan (11) 1 ochko olib, 2-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi. «Kopenhagen»ni (2) yirik hisobda yenggan «Sevilya» (5) o‘zaro o‘yinlardagi mag‘lubiyat sabab 2-pog‘onaga ko‘tarila olmaydi va endi yurishini Yevropa Ligasida davom ettiradi.

N guruhida gollarga boy o‘yinlarda «Benfika» (11) «Yuventus»ni (3) dog‘da qoldirib, «PSJ» (11) «Makkabi»ni (3) tor-mor etib pley-offga yo‘llanma oldi. So‘nggi turda peshqadam va Yevropa Ligasida o‘ynaydigan jamoa aniqlanadi.

YeChL. 5-tur. 25 oktabr

Ye guruhi
Zalsburg — Chelsi 1:2
Gollar:
Adamu (49) — Kovachich (23), Haverts (64). 
Zalsburg – Ken, Dedich, Bernardo, Pavlovich, Veber (Ulmer, 78), Zayvald, Kergor, Suchich (Sheshko, 61), Gurna-Duat, Okafor (Shimich, 78), Adamu (Kameri, 82). 
Chelsi – Kepa, Silva, Kukurelya, Chaloba, Pulishich (Aspilikueta, 75), Kovachich (Loftus-Chik, 68), Jorjino, Gallaher (Ziyosh, 88), Haverts, Obameyang (Broya, 75), Sterling (Maunt, 88).

Dinamo Zagreb — Milan 0:4
Gollar:
Gabbiya (39), Leau (49), Jiru (59, penalti), Lyubichich (69, avtogol).
Dinamo Z – Livakovich, Muharrami, Ristovski (Shpikich, 58), Perich, Shutalo, Lyubichich, Ademi (Baturina, 57), Mishich (Bulat, 75), Ivanushets, Orshich (Bochkay, 75), Petkovich (Drmich, 58). 
Milan – Teterushanu, Kalulu, Ker, Gabbiya, Ernandes (Ballo-Ture, 70), Binnosir (Pobega, 70), Tonali, de Ketelare (Krunich, 52), Jiru (Origi, 81), Rebich, Leau (Messias, 70).

F guruhi
Leypsig — Real 3:2
Gollar:
Gvardiol (13), Nkunku (18), Verner (81). — Vinisius (44), Rodrigo (90+4, penalti).
Leypsig – Blasvix, Simakan, Orban, Gvardiol, Raum (Diallo, 69), Henriks, Forsberg (Olmo, 69), Shlager, Aydara (Kampl, 84), Soboslai, Silva (Verner, 69), Nkunku. 
Real – Kurtua, Nacho (Alaba, 69), Militao, Ryudiger, Kroos (Azar, 76), Tchuameni, Kamavinga, Vaskes (Karvaxal, 69), Asensio, Vinisius, Rodrigo.

Seltik — Shaxtyor 1:1
Gollar:
Yakumakis (34) — Mudrik (58).
Seltik – Hart, Yuranovich, Karter-Vikers, Yyens, Teylor, Hakshabanovich (Maeda, 65), O`Rayli, Hatate (Ternbull, 84), Abada (Forrest, 66), Yakumakis, Furuhasi (Muy, 65). 
Shaxtyor – Trubin, Teylor, Matviyenko, Bondar, Mixaylichenko, Mudrik (Petryak, 90), Stepanenko, Sudakov (Krivsov, 90), Bondarenko, Zubkov, Traore (Sikan, 57).

G guruhi
Borussiya D — Manchester Siti 0:0
Borussiya D – Kobel, Zyule, Hummels, Shlotterbek, Azar (Volf, 82), Reyna (Papadopulos, 87), Jan, Brandt, Bellingem, Adeyyemi (Malen, 73), Mukoko (Modest, 82). 
Manchester Siti – Ortega, Stounz, Ake, Diash, Kanselu (Akanji, 46), Foden (Grilish, 81), Gundo‘g‘an, Rodri, Mahrez (Palmer, 88), Holand (Silva, 46), Alvares.

Sevilya — Kopenhagen 3:0
Gollar:
An-Nosiri (61), Isko (88), Montel (90+2).
Sevilya – Dmitrovich, Montel, Gudel, Markao, Telles, Rakitich, Isko, Jordan, Gomes (Akunya, 77), Suso (Lamela, 55), Dolberg (An-Nosiri 46, Mir 70).
Kopenhagen – Grabara, Yyelert (Sorensen, 81), Xocholava, Lund (Diks, 81), Kristiansen, Klasson, Lerager, Klem (Oskarsson, 81), Youhannesson (Barji, 64), Haraldsson (Kornelius, 72), Darami.
Chetlatish: Xocholava (90+5).

N guruhi
Benfika — Yuventus 4:3
Gollar:
A.Silva (17), Mariu (28, penalti), R.Silva (35, 50) — Vlahovich (21), Milik (77), Makkenni (79).
Benfika – Vlaxodimos, Ba (Jilberto, 81), Otamendi, A.Silva, Grimaldo, Mariu, R.Silva (Musa, 87), Eursnes, Florentinu, Fernandes, Ramush (Neres, 87). 
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi (Sandro, 60), Danilo, Gatti, Kuadrado (Miretti, 60), Kostich (Ayling, 70), Rabo, Lokatelli, Makkenni, Ken (Milik, 46), Vlahovich (Soule, 70).

PSJ — Makkabi Hayfa 7:2
Gollar:
Messi (19, 45), Mbappe (32, 64), Neymar (35), Goldberg (67, avtogol),  Soler (84) — Sek (38, 50).
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Ramos, Markinos (Kimpembe, 79), Bernat, Sanshesh (Soler, 68), Ruis (Sarabiya, 83), Vitinya (Zair-Emeri, 79), Messi, Neymar, Mbappe (Ekitik, 79). 
Makkabi H – Koen, Batubinsika, Goldberg, Sek, Kornyu (Menahem, 70), Lavi, Abu-Fani (Meir, 71), Al Faz (Arad, 83), Sheri, Atsili (David, 65), Perro (Rukavitsa, 83).

Ko‘proq yangiliklar: