Oston O‘runov «Ural»ni tark etdi

Sport 18:24 / 25.10.2022 20337

Rossiya klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, jamoa rahbariyati va o‘zbekistonlik yarimhimoyachi ikki tomonlama rozilik bilan amaldagi kelishuvni bekor qilgan. O‘runov erkin agentga aylandi.

O‘zbekiston milliy jamoasining 21 yoshli yarimhimoyachisi sentabr oyida «Spartak» bilan xayrlashib, «Ural» bilan shartnoma imzolagandi.

Oston Yekaterinburg klubida jami uchta o‘yinda - «Torpedo», «Lokomotiv» va TsSKAga qarshi o‘yinlarda jami 80 daqiqa harakat qildi.

Ma’lumot uchun, «Ural» ketma-ket 4 o‘yinda g‘alabaga erishib, Rossiya Premer-ligasida 16 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: