Markaziy Osiyo o‘yinlari tiklanadi

Sport 19:22 / 25.10.2022 22657

Janubiy Koreyada Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi (MOQA) Bosh assambleyasi doirasida Markaziy Osiyo milliy olimpiya qo‘mitalarining navbatdagi sessiya o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston MOQ vakillari ishtirok etdi. Kun tartibidagi asosiy mavzu — Markaziy Osiyo o‘yinlarining qayta tiklanishi bo‘ldi.

Tomonlar birgalikda sport dasturini ishlab chiqish, shuningdek, yaqin ikki yil ichida Markaziy Osiyo o‘yinlarini davom ettirishga kelishib oldilar. O‘yinni o‘tkazuvchi davlat va sana keyinroq aniqlanadi.

Markaziy Osiyo sport o‘yinlarining birinchisi 1995 yilda Toshkentda o‘tkazilgan. Keyingi o‘yinlar 1997 yilda Olmaotada, 1999 yilda Bishkekda, so‘nggisi 2003 yilda Dushanbeda tashkil etildi.

Markaziy Osiyo o‘yinlarida mintaqaning 7 ta davlati ishtirok etishi ko‘zda tutilgan: Qozog‘iston, Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston.

Ko‘proq yangiliklar: