Andijonda qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan Cobalt yonib ketdi
Shahrixon tumanida Spark va Cobalt bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketdi.

Foto: Videodan kadr
Andijon viloyati Shahrixon tumanida 23 oktabr kuni uchta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, 23 oktyabr kuni soat 17:30 larda Andijon viloyati Shahrixon tumani «Qo‘rg‘oncha» MFY hududidan o‘tgan, A-373 Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 402-kilometrida Spark va Cobalt rusumli avtomobillar bir-biri bilan to‘qnashishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Oqibatda Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, boshqa bir Cobalt rusumli avtomobilga borib urilgan.
Natijada kelib urilgan Cobalt’ning dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.
Qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan Cobalt yo‘lovchisi tan jarohatlari bilan tuman ShTTYoBga yuborilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Mavzuga oid

08:10 / 10.03.2025
Sebzor ko‘chasida ikkita Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

15:12 / 06.03.2025
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

19:55 / 03.03.2025
YTHlar va ularning fojiali oqibatlarini kamaytirish – Erali Bozorov qonunchilikdagi o‘zgarishlarning maqsadi haqida

12:06 / 02.03.2025