Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tgan qismini sel bosdi
“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 18 va 19 oktyabr kunlari oralig‘ida Samarqand viloyatida sutka davomida 36 millimetrgacha yomg‘ir yog‘ib o‘tgan va bu Bulung‘ur tumanida sel oqishiga sabab bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidan o‘tgan qismida sel oqayotgani va bu yerdan o‘tayotgan mashinalarning sekin harakatlanyotgani, ayrimlari esa yo‘l-transport hodisasiga uchragani tasvirlangan video tarqaldi.
M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati G‘allaorol tumani va Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidan o‘tgan qismida tez-tez sel hodisasi kuzatilib turadi.
Jumladan, joriy yil bahor oylarida yog‘ingarchiliklar vaqtida yo‘lning G‘allaorol va Bulung‘ur tumanlaridan o‘tgan turli qismlarida sel oqib, yo‘lni suv bosgan edi.
“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, 18 va 19 oktyabr kunlari oralig‘ida Samarqand viloyatida sutka davomida 36 millimetrgacha yomg‘ir yog‘ib o‘tgan. Mazkur ko‘rsatkich “Dag‘bit” kuzatuv stansiyasida ro‘yxatga olingan. Samarqand shahrida ko‘rsatkich 20 millimetrga teng bo‘lgan.
O‘tgan sutka davomida eng ko‘p miqdordagi yog‘ingarchilik Jizzaxning tog‘li hududlarida joylashgan “Baxmal” (35 millimntr) hamda Qashqadaryoning “Ko‘l” (77 millimetr) kuzatuv stansiyalarida qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

15:38 / 14.07.2025
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda

16:38 / 11.07.2025
Hafta oxirida harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda

13:18 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

15:03 / 07.07.2025