Toshkentda yuk mashinasi yo‘lovchi avtobusiga kelib urildi
Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida uchta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2022 yil 17 oktabr kuni soat 13:30 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida MAN yuk avtomashinasi, MAN avtobusi va “Nexia-3” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 1991 yilda tug‘ilgan M.N. MAN rusumli yuk avtomashinasini (tirkamali) Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Tormoz tizimida nosozlik paydo bo‘lishi natijasida haydovchi tomonidan MAN’ni to‘xtatish imkoni bo‘lmagani sababli, u shu yo‘nalishda harakatlanib kelib, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi Havas supermarketi binosi qarshisidagi tartibga solingan piyodalar o‘tish joyida svetofor taqiqlovchi qizil chirog‘ida to‘xtab turgan, 1972 yilda tug‘ilgan A.F. boshqaruvidagi MAN rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusning orqa chap qismiga kelib urilgan.
Natijada, MAN yuk avtomashinasining kabina qismi mahkamlangan joyidan uzilib yerga tushgan va sirpanib borib svetofor qizil chirog‘ida to‘xtab turgan, 1973 yilda tug‘ilgan D.G. boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomashinaga urilib, shikast yetkazgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mavzuga oid

08:10 / 10.03.2025
Sebzor ko‘chasida ikkita Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

15:12 / 06.03.2025
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

19:55 / 03.03.2025
YTHlar va ularning fojiali oqibatlarini kamaytirish – Erali Bozorov qonunchilikdagi o‘zgarishlarning maqsadi haqida

12:06 / 02.03.2025