O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 7,7 mlrd dollarga oshdi

Iqtisodiyot 12:15 / 17.10.2022 33055

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 36 mlrd AQSh dollaridan oshdi.

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 36 mlrd AQSh dollaridan oshdi. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 7,7 mlrd AQSh dollariga oshgan. 

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi – 14,1 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Bunda: mahsulotlar – 11,3 mlrd, xizmatlar  – 2,8 mlrd.

O‘z navbatida, tashqi savdoda import hajmi – 21,9 mlrd dollarni tashkil qildi. Bunda: mahsulotlar – 20,1 mlrd dollar, xizmatlar  – 1,8 mlrd dollar.

Ko‘proq yangiliklar: