Foto: Donetsk shahri ma’muriyati binosi HIMARS orqali o‘qqa tutildi

Foto: Meduza
16 oktyabr tongida Donetsk shahri ma’muriyati binosi raketa zarbasiga uchradi. Bu haqda shahar meri Aleksey Kulemzin ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrain harbiylari shahar markazini HIMARS qurilmasi orqali o‘qqa tutishgan.
Avvaliga ikki jabrlanuvchi haqida xabar berilgandi; keyinroq «DXR» rasmiylari to‘rt kishi jabrlangani va bir kishi halok bo‘lgani haqida ma’lum qildi.
Rossiya davlat nashrlari voqea joyidan foto va videolarni namoyish etishgan, ularda binoning deyarli barcha oynalari to‘kilib tushganini ko‘rish mumkin; binoning bir qismida yong‘in izlari bor.
Bino hovlisidagi mashinalar esa yonib ketgan.
Kulemzin bino «juda jiddiy shikastlangani»ni ta’kidlagan.
Mavzuga oid

23:00 / 10.03.2025
FXX ukrainaliklarning Rossiya kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

16:59 / 10.03.2025