Andijonda Lacetti traktorga borib urildi
Andijonda Lacetti yo‘lda qayrilib olayotgan traktorga borib urildi. Ikki kishi jarohatlandi.

Foto: Andijon viloyati IIB matbuot xizmati
Andijon viloyatining Asaka tumanida Lacetti va traktor ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Hodisa 14 oktyabr kuni soat 20:30 larda tuman hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 416 kilometrida sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchisi X.O. (1997 yilda tug‘ilgan)o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib borib, chapga qayrilish uchun yo‘lning qatnov qismi o‘rtasida to‘xtab turgan T-28X4 rusumli traktorning orqasidan kelib urilgan.
Oqibatda har ikki transport vositalari haydovchilari yengil turdagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Asaka tumani IIB JXX YXXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:10 / 10.03.2025
Sebzor ko‘chasida ikkita Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

15:12 / 06.03.2025
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

19:55 / 03.03.2025
YTHlar va ularning fojiali oqibatlarini kamaytirish – Erali Bozorov qonunchilikdagi o‘zgarishlarning maqsadi haqida

12:06 / 02.03.2025