Velosportchi Samandar Sultonov Osiyo chempioni unvonidan mahrum bo‘ldi 

Sport 15:17 / 14.10.2022 24938

Samandar Sultonovning doping-sinamasida testosteron taqiqlangan moddasi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, shu sababli velosportchi 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.

Sportchi 2022 yil 9 may kunidan boshlab shu kunga qadar erishgan barcha natijalari va reyting ochkolaridan mahrum bo‘ldi.

Jumladan, Samandar Sultonov 2022 yildagi Osiyo chempioni unvonidan ham mahrum bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: