Ohangaronda 1,4 mln dollarga 16 gektar yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Ohangaron shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Videodan kadr
DXX xabariga ko‘ra, unda Toshkent shahrida yashovchi, 1955, 1976 va 1979 yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs firibgarlik yo‘li bilan mahalliy tadbirkorning 300 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ular tadbirkorning ishonchiga kirib, Ohangaron tumanida joylashgan «Angren» erkin iqtisodiy zonasi hududidan 16 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali, u rahbarlik qilayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 million 400 ming AQSh dollari talab qilgan va 300 ming AQSh dollarini oldindan berishi kerakligini aytgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

15:44 / 16.03.2025
Xorazmda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

11:41 / 07.03.2025
Yerni ijaraga olish uchun auksionda boshlang‘ich narxni belgilash tartibi o‘zgardi

10:18 / 07.03.2025