YeChL. Kataloniyadagi «otishma»da «Barsa» mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. «Bavariya», «Napoli» va «Bryugge» pley-offga yo‘l oldi

Sport 02:15 / 13.10.2022 24554

Yevropa Chempionlar Ligasida 4-tur bahslari yakunlandi.

A guruhida «Napoli» (12) «Ayaks»ni (3) yana mag‘lub etdi va muddatidan avval 1/8 finalga yo‘l oldi. «Liverpul» (9) «Reyndjers»ga (3) 7ta gol urib, pley-off sari katta qadam tashladi. Firmino dubl, Saloh het-trikka erishdi.

V guruhida «Bryugge» (10) Madridda «Atletiko» (4) bilan durang o‘ynab, o‘z tarixida ilk bor pley-offga chiqdi. «Portu» (6) «Bayyer»ni (3) yirik hisobda yengib, 2-o‘ringa ko‘tarildi.

S guruhida «Bavariya» (12) 4-o‘yinda ham g‘alaba qozonib, 1/8 finalga yo‘l oldi. «Barselona» (4) «Inter»ga (7) qarshi dramatik bahsda Levandovskining gollari evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

D guruhida «Tottenhem» (7) «Ayntraxt»dan (4) ustun kelib, peshqadamga aylandi. «Marsel» (6) javob bahsida ham «Sporting»ni (6) mag‘lub etdi.

YeChL. 4-tur. 12 oktabr

A guruhi
Reyndjers — Liverpul 1:7
Gollar:
Arfild (17) — Firmino (24, 55), Nunes (66), Saloh (76, 81), Elliot (87).
Reyndjers – Makgregor, Taverne, Goldson (King, 45), Devis, Barishich, Jyek (Devis, 60), Arfild, Landstrem, Cholak (Morelos, 76), Kent (Rayt, 76), Sakala (Matondo, 76). 
Liverpul – Alisson, Gomes, van Deyk, Konate (Milner, 79), Tsimikas (Roberson, 68), Elliott, Karvalyu, Henderson (Tiago, 67), Fabino, Firmino (Jota, 73), Nunes (Saloh, 68).

Napoli — Ayaks 4:2
Gollar: Losano (4), Raspadori (16), Kvaratsxeliya (62, penalti), Osimhen (89) — Klassen (49), Bergveyn (83, penalti).
Napoli – Meret, Di Lorenso, Jyezus, Kim, Olivera, Lobotka, Zelinski (Gaetano, 89), Zambo-Angissa (Ndombele, 50), Losano (Politano, 77), Kvaratsxeliya (Elmaz, 77), Raspadori (Osimhen, 50).
Ayaks – Pasveyer, Sanches (Baas, 65), Blind, Timber, Bassi, Klassen, Alvares, Taylor (Grillitch, 65), Quddus (Brobbi, 65), Bergeys (Konseysau, 84), Bergveyn (Okampos, 84).

V guruhi
Bayyer — Portu 0:3
Gollar:
Galeno (6), Torimiy (53 penalti, 64 penalti).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Demirbay (16).
Bayyer – Gradetski, Kossunu (Tapsoba, 69), Ta, Inkapie, Bakker, Arangis, Demirbay, Hadson-Odoi (Glojyek, 69), Shik, Diabi (Fosu-Mensa, 88), Adli (Paulino, 57). 
Portu – D.Koshta, Mariu (Evanilson, 46), Kardozu, Karmu, Sanusi, Otavio, Uribe (Folya, 85), Eushtakiu (Toni, 90), Torimiy (Louder, 90), Pepe, Galeno (Borjyesh, 85).

Atletiko — Bryugge 0:0
Atletiko
– Oblak, Molina, Savich, Ximenes, Reynildu, Saul (Kunya, 73), Koke (de Paul, 60), Kondogbia, Lemar (Morata, 60), Grizmann (Vitsel, 79), Korrea (Karrasko, 60). 
Bryugge – Minole, Odoi, Mexele, Silla, Vanaken, Nilsen, Nvadike, Byukenen (Mata, 84), Olsen (Meyyer, 50), Soua, Yutgla (Balanta, 73).
Chetlatish: Soua (82).

S guruhi
Barselona — Inter 3:3
Gollar:
Dembele (40), Levandovski (82, 90+2) — Barella (50), Martines (63), Gosens (89).
Barselona – ter Stegen, Roberto (Kessie, 72), Pike, Garsiya, Alonso (Balde, 72), Buskets (de Yong, 64), Pedri, Gavi (Torres, 82), Levandovski, Dembele, Rafinya (Fati, 64). 
Inter – Onana, Dumfris, de Vrey, Shkrinyar, Bastoni (Acherbi, 85), Dimarko (Darmian, 67), Mxitaryan, Chalxono‘g‘li (Gozens, 76), Barella (Aslani, 85), Jyeko (Bellanova, 76), Martines.

Viktoriya Plzen — Bavariya 2:4
Gollar:
Vlkanova (62), Kliment (75) — Mane (10), Myuller (14), Goretska (25, 35).
Viktoriya Plzen – Stanek, Gavel (Golik, 46), Geyda, Tijani, Yemelka (Pernitsa, 46), Kopits (Yirka, 26), Moskera, Vlkanova (Pilarj, 81), Kalvax, Buxa, Xori (Kliment, 46). 
Bavariya – Ulrayx, Mazraui, Upamekano (Vanner, 70), Pavar, Stanishich, Goretska (Gravenberx, 56), Kimmix, Myuller (Tel, 28), Mane, Koman (Shupo-Moting, 46), Sane (Zabitser, 70).

D guruhi
Tottenhem — Ayntraxt 3:2
Gollar:
Son (20, 36), Keyn (28, penalti) — Kamada (14), Alidu (87).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Keyn (90+2).
Tottenhem – Loris, Emerson, Dayyer (Sanches, 78), Langle, Romero, Sessenon, Hyoyberg (Xil, 85), Bentankur (Bissuma, 67), Son (Lukas Moura, 86), Keyn, Risharlison (Skipp, 67). 
Ayntraxt – Trapp, Hasebe (Ebimbe, 69), Ndika, Tuta, Lens (Alidu, 70), Yakich, Rode (Smolchich, 69), Sou, Kamada (Gyotse, 78), Lindstrem, Kolo-Muani (Borre, 69).
Chetlatish: Tuta (60).

Sporting — Marsel 0:2
Gollar:
Genduzi (20, penalti), Sanches (30). 
Sporting – Israel, Eshgayyu, Koates (Marsa, 35), Reys, Inasiu, Santush (Porro, 59), Ugarte, Morita (Issaxaku, 22), Gonsalvesh, Edvards (Aleksandropulos, 35), Trinkau (Nazinyu, 46). 
Marsel – Lopes, Kloss (Kabore, 64), Mbemba, Bayi (Jigo, 64), Balerdi, Tavaresh, Veretu (Guyye, 87), Ronjye, Harit (Payyet, 72), Genduzi (Under, 64), Sanches.
Chetlatishlar: Eshgayyu (19), Gonsalvesh (61).

Ko‘proq yangiliklar: