Samarqandda katta tezlikda harakatlanib yuk mashinasi ostiga kirib ketgan Matiz haydovchisi vafot etdi
Matiz haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, o‘zidan oldinda ketayotgan mashinani o‘ng tomondan quvib o‘tayotganida yo‘l chetida turgan yuk mashinasi ostiga kirib ketgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 3 oktyabr kuni soat 8:10 larda M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining Samarqand shahri Qir mahallasi hududidan o‘tgan 40-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Matiz mashinasi haydovchisi tezlikni me’yordan oshirgan holda harakatlanib kelib, o‘zidan oldinda ketayotgan mashinani katta tezlikda o‘ng tomondan quvib o‘tgan.
Ammo boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan «ZIL» yuk mashinasi ostiga kirib ketgan. Oqibatda, Matiz haydochisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqand viloyati Nurobod tumanida katta tezlikda harakatlangan Nexia o‘zidan oldinda ketayotgan Damas mashinasining orqa qismidan urib yuborgan. Oqibatda Damas ag‘darilib, uning yo‘lovchisi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid

13:17 / 19.03.2025
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

17:34 / 17.03.2025
Aprelda Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda

09:59 / 17.03.2025
Piskentda yuk mashinasi va Isuzu to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

22:49 / 16.03.2025