Denov va Urganch dzyudo sport maktablari tashkil etiladi

Sport 14:53 / 08.10.2022 6120

“Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash Denov va Urganch dzyudo sport maktablari asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Dzyudo maktablari o‘quvchilari umumiy kontingenti o‘quvchilar vazn toifalari va sinflarini hisobga olgan holda 20 nafardan ko‘p bo‘lmagan o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi. 

Dzyudo maktablariga sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi.

2022/2023 o‘quv yiliga qadar Dzyudo maktablarida boshqa sport turlari bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu maktablarni to‘liq tamomlagunga qadar o‘qitilishi ta’minlanadi.

Dzyudo maktablari o‘quvchilari umumta’lim fanlaridan ta’lim olishi mazkur Dzyudo maktablarida tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: