Amputantlar o‘rtasidagi JCh-2022. O‘zbekiston mezbon Turkiyaga mag‘lub bo‘lib, finalga chiqa olmadi

Sport 00:04 / 08.10.2022 18293

Istanbulda nogiron-amputantlar o‘rtasidagi jahon chempionati yarimfinal bahsi yakuniga yetdi.

«Beshiktosh» klubining uy stadionida o‘tgan bahsda O‘zbekiston mezbon Turkiyaga qarshi saf tortdi. O‘yinning 1-daqiqasida kiritilgan gol yakunda Yevropaning amaldagi chempioni sanalmish turklarga g‘alaba keltirdi - 1:0. 

Shu tariqa, O‘zbekiston 3-o‘rin uchun bahsda Haitiga qarshi maydonga tushsa, Turkiya finalda Angolaga qarshi to‘p suradigan bo‘ldi. Hal qiluvchi bahslar 9 oktabr kuni o‘tkaziladi. 

7 oktabr
Amputantlar o‘rtasidagi JCh-2022. Yarimfinal.
Turkiya - O‘zbekiston - 1:0

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston nogiron-amputantlar jamoasi turnirning 5 karra g‘olibi sanaladi.

Ko‘proq yangiliklar: