Samarqandda triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkaziladi

Sport 18:38 / 07.10.2022 15126

Triatlon — multisport poygasidan iborat bo‘lib, uchta bosqichni o‘z ichiga oladi: suzish, velopoyga va yugurish.

Samarqand turniri standart yoki olimpiya tizimi bo‘yicha o‘tkaziladi. Sportchilar unda 1500 m masofaga suzishadi, 40 km velopoygada ishtirok etib, 10 km masofaga yugurishadi. 

Xalqaro turnirda 30 mamlakatdan kelgan 70 sportchi ishtirok etadi. O‘zbekiston chempionatida 160 sportchi qatnashadi.

Triatlon 2000 yildan beri Olimpiada, 2016 yildan beri Paralimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: