Qatar jahon chempionati paytida alkogol, so‘kinish va musiqani baland ovozda eshitishni taqiqladi

Sport 21:00 / 06.10.2022 5435

Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

● Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish;
● homoseksual aloqalar;
● hayosiz kiyimlarni kiyish;
● uyatsiz so‘zlar bilan so‘kinish;
● ibodat etiladigan joylarga hurmatsizlik qilish;
● baland ovozda gapirish yoki musiqa eshitish;
● ishqiy uchrashuvlar;
● odamlarni beruxsat suratga olish.

Qoidalar 20 noyabrdan kuchga kiradi. Ularni buzganlik uchun jazo choralari qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berilmagan.

Jahon chempionati o‘yinlari 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar 5 ta shaharda joylashgan 8 ta stadionda o‘tkaziladi. 

Avvalroq, jahon chempionati tashkilotchilari ba’zi spirtli ichimliklar faqat stadion oldidagi maxsus joylarda, o‘yindan 3 soat oldin va o‘yin tugagandan keyin 1 soat davomida sotilishiga ruxsat berilishi haqida xabar berishgan edi.

Qatarda jamoat joylarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish qonun bilan taqiqlangan. Qoidabuzarlar 3000 riyol (820 yevro) miqdorida jarimaga tortilishi yoki 6 oyga qamalishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: