Dzyudo. Jahon chempionatiga qur’a tashlandi - O‘zbekiston vakillarining raqiblari ma’lum

Sport 00:20 / 06.10.2022 15667

6-13 oktabr kunlari Toshkentda dzyudo bo‘yicha 35-jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. 

5 oktabr kuni qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston erkaklar va ayollar jamoasi a’zolari ham dastlabki raqiblarini bilib olishdi. 

Foto: Judo.uz

O‘zbekiston erkaklar jamoasi uchun qur’a natijalari: 

-60 kg: Dilshod Baratov — Muhammad Akkash (Qochoqlar jamoasi)

-66 kg: Sardor Nurillayev — Bogdan Yadov (Ukraina)

-73 kg: Shahram Ahadov — Dominik Rodriges (AQSh)

-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev — Faye Njiye (Gambiya)

-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev — Fransua Gautiyer (Kanada)/Somon Mahbadbekov (Tojikiston)

-90 kg: Davlat Bobonov — Peter Jilka (Slovakiya)/Robert Florentino (Dominikan)

-100 kg: Muzaffar To‘raboyev — L.A. Smit (AQSh)

+100 kg: Shohrux Baxtiyorov — Yakiv Hammo (Ukraina)

+100 kg: Alisher Yusupov — Yerassil Kajbayev (Qozog‘iston)

Foto: Judo.uz

Ayollar jamoasi uchun qur’a natijalari:

-48 kg: Halima Qurbonova — Merve Azak (Turkiya)

-52 kg: Diyora Keldiyorova — Sumiya Iraoui (Marokash)

-52 kg: Sita Kadambayeva — Yoana Diogo (Portugaliya)

-57 kg: Nilufar Yermaganbetova — Rafaela Silva (Braziliya)

-57 kg: Shukurjon Aminova — Adina Kochkonbayeva (Qirg‘iziston)/Mimi Huh (Janubiya Koreya)

-63 kg: Sevinch Isoqova — Azhar Isayeva (Qirg‘iziston)

-70 kg: Gulnoza Matniyazova — Chantal Rayt (AQSh)

-70 kg: Shohista Nazarova — Yu-Jung Liao (Xitoy Taypeyi)

-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva — Bita Pasut-Klojko (Polsha)

Ko‘proq yangiliklar: