Qozog‘istonda To‘qayevga suiqasd qilishni rejalashtirishda ayblangan shaxs 17 yilga qamaldi

Jahon 00:54 / 01.10.2022 10419

Ostona sudi davlatga xiyonat va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga nisbatan suiqasd tayyorlashda ayblangan shaxsni 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi 3 aprelda "Qozog‘iston rahbari va qator yuqori lavozimdagi amaldorlarga suiqasd qilishni rejalashtirgan xorij razvedkasi agenti" qo‘lga olinganini xabar qilgandi.

Xabarda aytilishicha, u bir vaqtning o‘zida maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga nisbatan terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan.

Tintuv vaqtida undan xorijda ishlab chiqarilgan snayper miltig‘i, giyohvandlik moddalari va yirik miqdorda pul topilgan.

Ko‘proq yangiliklar: