Mask odamsimon robotni namoyish etdi

Fan-texnika 18:18 / 01.10.2022 58668

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Optimus robotini namoyish etdi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, robot fevralda ishlab chiqarilgan.

Mask taqdimot chog‘ida robotning gullarga suv quyayotgani, qutilarni tashiyotgani, Kaliforniyadagi zavodda metall simlarni ko‘tarayotgani aks etgan videoni ko‘rsatdi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, Tesla bundan ham mukammalroq robotni ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda.

Keyingi avlod robotida Tesla butlovchi qismlari, jumladan, 2,3 kVt/s batareya, mikrosxemalar tizimidan foydalaniladi. Robotning og‘irligi 73 kiloni tashkil etadi. Uning narxi 20 ming dollarga teng.

Mask Tesla uch-besh yildan so‘ng Optimus uchun buyurtmalar olishni boshlashiga umid bildirdi. Uning aytishicha, hozirda mavjud odamsimon robotlarga «miya» va muammolarni mustaqil hal qilish qobiliyati yetishmaydi. Optimus esa «juda qobiliyatli robot» bo‘ladi.

Arizona shtati robototexnika universiteti professori Anri Ben Amor 20 ming dollar juda yaxshi taklif ekanligini aytdi, unga muqobil modellar narxi hozirda 100 ming dollar atrofida.

Ko‘proq yangiliklar: