Chovusho‘g‘li AQShning Kiprga qurol yetkazib berish borasidagi qaroriga tegishli javob qaytarilishini aytdi 

Jahon 22:46 / 30.09.2022 9759

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Anqara Vashingtonning Nikosiyaga qurol yetkazishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash qaroriga javob qaytarishini aytdi.

Avvalroq AQSh Kiprga qurol yetkazib berishga joriy etilgan embargoni bekor qilgandi.

«Biz AQShning bu qaroriga aniq qadam bilan javob qaytaramiz. Orolda keskinlik kuchayishini istasangiz, biz ham kerakli ishni qilamiz»,— dedi Chovusho‘g‘li. 

«Kiprdagi turklarni himoya qilish uchun u yerga yanada ko‘proq kuchlarni jo‘natamiz va qanday qurolga ehtiyoji bo‘lsa beramiz»,— deb ta’kidladi u. 

«Quroldan boshqa beradigan narsangiz yo‘qmi? Pul bering. Ehtiyojlari bor. Nega qurol beryapsiz? Bu qurolni kimga qarshi beryapsiz?» deya savol berdi Turkiya tashqi ishlar vaziri. 

Kipr ikki qismga bo‘lingan: orol hududining bir qismi Kipr Respublikasi hukumati (asosan etnik greklar yashaydi), ikkinchi qismi Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (asosan etnik turklar istiqomat qiladi) hukumati tomonidan nazorat qilinadi. 

Ko‘proq yangiliklar: