«Zakovat»: «Erudit-kvintet» o‘yini bo‘yicha yarimfinalchilar aniqlandi

O‘zbekiston 18:57 / 24.09.2022 7166

«Zakovat» — 20 yillik tarixga ega intellektual o‘yin bo‘lib, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ushbu o‘yinga bo‘lgan qiziqishni yangi darajaga olib chiqdi. Fond shuningdek, «Zakovat» intellektual klubi» nodavlat notijorat tashkilotining muassisi bo‘ldi. 

O‘yinga bo‘lgan qiziqish tashkilotchilarni «Zakovat»ning rus tilidagi ligasini tashkil etishga undadi.

Hozirga kelib Kubok doirasidagi «Erudit-kvintet» o‘yini bo‘yicha saralash bahslari yakuniga yetdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 8 yarimfinalchi aniqlandi:

  • 8-o‘rin —KAD (O‘zbekiston);
  • 7-o‘rin — «ERUDIT» (Qozog‘iston);  
  • 6-o‘rin — «Gnom-kaniballar» (Qozog‘iston);  
  • 5-o‘rin — «Paxtakor» (O‘zbekiston);
  • 4-o‘rin — Brain Art (Qozog‘iston);
  • 3-o‘rin — «Biz» (O‘zbekiston);
  • 2-o‘rin — «Misteriya», (O‘zbekiston). 

Birinchi o‘rinni ochkolar bo‘yicha raqiblaridan katta farq bilan ilgarilab ketgan Qozog‘istonning «Oddiy ishchilar» jamoasi egalladi.

Musobaqalar ertaga, 25 sentabr kuni davom ettiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: