Rossiyada ko‘ngilli ravishda asirga tushganlik va harbiy harakatlarda qatnashishdan bosh tortganlik uchun jazo belgilandi

Jahon 18:56 / 24.09.2022 10925

Tuzatishga ko‘ra, "ko‘ngilli ravishda asirga tushganlik" uchun 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.

Jazoning eng kam muddati uch yilni tashkil etadi. Ilgari Rossiya Jinoyat kodeksida "Ko‘ngilli ravishda asirga tushish" moddasi yo‘q edi.

Shu bilan birga, bu jinoyatni birinchi marta sodir etgan harbiy xizmatchi agarda ozodlikka chiqish uchun harakat qilgan bo‘lsa, harbiy qism yoki xizmat joyiga qaytsa va asirlikda bo‘lgan vaqtida boshqa jinoyatlar sodir etmagan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.

Shuningdek, yana bir tuzatishga ko‘ra, harbiy holat vaqtida yoki qurolli nizo sharoitida harbiy yoki jangovar harakatlarda qatnashishdan bosh tortish "og‘ir oqibatlarga olib keladigan bo‘lsa" 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilmoqda. 

Xuddi shunday sharoitda boshliqning buyrug‘iga bo‘ysunmaganlik uchun ham shunday jazo belgilandi. 

Safarbarlik chog‘ida, harbiy holat, jangovar harakatlar va qurolli nizo vaqtida boshliqqa nisbatan zo‘ravonlik qilganlik uchun 15 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish ko‘zda tutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: