O‘zbekistonda yetishtirilgan za’faron AQShga eksport qilinadi

O‘zbekiston 14:23 / 24.09.2022 8466

Jizzax viloyati Baxmal tumanida za’faron (shafran) piyozi navbatdagi partiyasi ekildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Ushbu loyiha BMB Trade Group (O‘zbekiston) va FIN.OPERA s.r.l. (Italiya) kompaniyalari o‘rtasida za’faron va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish, sanoat miqyosida qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha imzolangan memorandum doirasida 3 yildan beri amalga oshirilmoqda.

Italiyaning Breshia shahridan O‘zbekistonga 16 million donadan ortiq za’faron piyozi olib kelindi. Shu tariqa za’faron plantatsiyalari maydoni 305 gektarga, loyihaga jalb etilgan investitsiya miqdori 40,4 million yevroga yetkazildi. 400 doimiy va 4 mingdan ortiq mavsumiy ish o‘rni yaratildi.

Ayni paytda O‘zbekistonda yetishtirilayotgan za’faron birinchi toifadagi sifat belgisiga ega. Mahsulot Yevropa va Osiyo mamlakatlariga eksport qilinmoqda. BMB Trade Group kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov aytishicha, qator sertifikatlashtirish jarayonlari va tekshiruvlar natijasida O‘zbekiston za’faroni AQSh bozorlariga chiqishga ruxsat olgan.

Ko‘proq yangiliklar: