Ayrim obektlar loyihasi uchun arxitektura tanlovi majburiy o‘tkaziladi

O‘zbekiston 13:08 / 24.09.2022 2049

1 yanvardan ta’lim vazirliklari, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat va Sport vazirliklari huzuridagi buyurtmachi xizmatlari va ular hududiy filiallari, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi buyurtmachi xizmati hududiy filiallari tugatiladi.

Tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlari ishlari hokimliklar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. 1 yanvargacha yuqoridagi injiniring kompaniyalari tashkiliy-huquqiy shakli davlat unitar korxonasi shakliga o‘zgartiriladi.

1 yanvardan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obektlar bo‘yicha buyurtmachi xizmatlari biznes-rejasi ular muassisi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

1 dekabrgacha Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati to‘g‘risidagi nizomning yangi tahriri ishlab chiqiladi.

Loyiha qiymati yoki kapital qo‘yilmalar limitlarini maqbullashtirishda buyurtmachi xizmatiga to‘lanadigan xizmat haqini kamaytirish taqiqlanadi.

2023 yil 1 aprelgacha “Shaffof qurilish” tizimida texnik nazorat ishlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlarni baholash platformasi joriy qilinadi. 

1 yanvardan ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim obektlar eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi xizmati tomonidan arxitektura tanlovi majburiy o‘tkaziladi.

Qurilishda texnik me’yorlash markazi va Qurilishda standartlashtirish respublika markazi negizida davlat muassasasi shaklida Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.

2023 yil 1 iyulgacha fuqarolar uchun geolokatsiyasi ko‘rsatilgan holda, qurilish uchun berilgan barcha hujjatlar, qurilish nazoratini olib borishda chiqarilgan xulosalar bilan tanishish imkonini beruvchi ochiq elektron tizim yaratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: