Zelenskiy: Ukrainaga g‘alaba qozonish uchun faqat tanklar emas, ko‘proq narsa kerak

Jahon 10:35 / 23.09.2022 13169

Ukrainaga Germaniyaning Leopard 2 tanklarini yetkazib berish Rossiya tomonidan boshlangan urushni to‘xtata olmaydi, shuning uchun Germaniya nafaqat ularni, balki boshqa qurollarni ham yuborishi kerak. Bu fikrni Volodimir Zelenskiy 21 sentabr, chorshanba kuni Germaniyaning Bild portaliga bergan intervyusida bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zirhli texnika Ukraina harbiylari uchun omon qolish masalasiga aylangan va agar Germaniya ukrainaliklar hayotini saqlab qolishga yordam bermoqchi bo‘lsa, nemis siyosatchilari ko‘proq texnika yetkazib berish bilan shug‘ullanishi kerak. Ukraina prezidenti Germaniyada ishlab chiqarilgan Matador tankka qarshi granatomyotlarini, Kiyev Germaniya kansleri Olaf Shols «juda so‘rayotgan» zirhli mashinalarni, shuningdek, Germaniya tomonidan mamlakatga taklif qilingan IRIS-T havo mudofaasi tizimidan ko‘ra ko‘proq «zarar yetkazuvchi qurollarni» nazarda tutayotganini tushuntirdi. 

Volodimir Zelenskiy shuningdek, Germaniya Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash masalasida boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘lishi va ularning qarorlarini kutmasligi kerakligini ta’kidladi. «Agar bizga berishni istamasangiz - xafa bo‘lmang, siz mustaqil davlatsiz - unda bermang. Lekin: «Avval Amerika, keyin Germaniya, keyin Polsha bo‘ladi», deb yurmang. Kerak emas. Har kim o‘zi uchun javobgar bo‘lishi kerak», - dedi Zelenskiy. 

Sentabr oyi o‘rtalarida Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi muvaffaqiyati fonida, nemis muxolifati yana bir bor Ukrainaga G‘arb tipidagi tanklarni yetkazib berishni boshlashini talab qildi - bu Rossiya tomonidan boshlangan urushning tugashini yaqinlashtirishi aytildi. Biroq, Shols bu chaqiriqlarga amal qilmadi va Germaniya boshqa G‘arb davlatlari o‘zlari ham xuddi shunday ta’minotni tasdiqlamaguncha, harbiy texnika yetkazib bera olmasligini aytdi. 

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya Ukrainaga eng muhim qurol yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi va unga Panzerhaubitze 2000 o‘ziyurar texnikalarni topshirib, Kiyevga Rossiya agressiyasiga qarshi urushda qo‘llanilayotgan eng zamonaviy uskunalarni yuborgan. Bundan tashqari, faqat Germaniya, AQSh va Buyuk Britaniya Ukrainaga yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari (YaO‘RT)ni taqdim etdi. 

Urush boshidan beri Polsha tomonidan 200 dan ortiq sovet tipidagi tanklar Ukrainaga topshirildi, ammo bu u va Germaniya o‘rtasidagi o‘ziga xos tortishuv mavzusiga aylandi, chunki Germaniya Ukrainaga yuborilgan ushbu tanklar evaziga mamlakatni zamonaviy nemis tanklari bilan ta’minlashga va’da bergandi. 

Iyul oyida Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok aylanma rejimda yetkazib berishning kechikishi bilan bog‘liq tanqidlarga Germaniya hukumati tomonidan Ukrainaga eng yirik qurol yetkazib beruvchilardan biri bo‘lgan Polshaga va’dalarni bajarishning boshqa usullarini izlash bilan javob berishga harakat qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: