Rossiya AQShni ikki mamlakatning to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

Jahon 19:49 / 23.09.2022 19777

Moskva Vashingtonni Ukrainadagi nizo sababli o‘zaro harbiy to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi.

«G‘arbning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaga aralashuvi xatari haqida ogohlantiramiz, AQSh ma’muriyatini Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatdan qochishga chaqiramiz»,— dedi u.

Ryabkovning qayd etishicha, Rossiya hech kimga yadro quroli bilan tahdid qilmaydi.

«Undan foydalanish shartlari harbiy doktrinada aytib o‘tilgan va Rossiyaning yadroviy tiyib turish sohasidagi davlat siyosati asoslarida batafsil bayon qilingan»,— dedi Sergey Ryabkov.

U shuningdek, Rossiya AQSh va NATO bilan ochiqchasiga qarama-qarshilik qilishdan manfaatdor emasligini ta’kidladi. 

21 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqqa murojaati chog‘ida Ukraina va G‘arb mamlakatlarini «yadroviy shantaj»da ayblagandi. U hududiy yaxlitlikka tahdid bo‘lganida Rossiya va rossiyaliklarni himoya qilish uchun barcha qurollardan foydalanilishini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: