Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzan Qodirov: Chechenistonda safarbarlik bo‘lmaydi
Checheniston rahbarining ta’kidlashicha, respublika odamlarni urushga jo‘natish rejasini «oshirib bajargan» va shuning uchun unda safarbarlik amalga oshirilmaydi.

Foto: AP
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning aytishicha, respublikada safarbarlik amalga oshirilmaydi, chunki Checheniston urush paytida «rejani ortig‘i bilan bajardi». Bu haqda 22 sentabr, payshanba kuni «Grozniy» ChGTRK telekanalida ko‘rsatilgan syujyetga tayanib, «Kavkaz.Realii» xabar berdi.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urush davrida 20 ming chechen jangovar harakatlarda qatnashdi, shuning uchun respublika allaqachon «rejani 254 foizga ortig‘i bilan bajargan». Qodirov qanday reja haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada kerak bo‘lsa urushga ham keta oladigan «minglab ko‘ngillilar zaxirasi» mavjud. «Aholi bunday muammolar paydo bo‘lishi mumkinligiga hatto o‘ylamagan ham edi, ammo biz allaqachon hamma narsani hal qilib qo‘yganmiz», dedi Qodirov va «Checheniston Respublikasi aholisini xotirjam bo‘lishga» chaqirdi.
«Grozniy» ChGTRK telekanalida namoyish etilgan syujyetda Qodirov bir kun avval Grozniyda urushga qarshi miting o‘tkazmoqchi bo‘lgan 40 ga yaqin ayolning qarindoshlari allaqachon safarbar qilinganini va Ukrainaga jo‘natilganini aytdi, deb yozadi «Kavkaz.Realii». Bu haqda avvalroq 1ADAT muxolifat harakati vakili Ibrohim Yangulboyev xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ayollarning qarindoshlari go‘yoki ko‘ngilli sifatida ro‘yxatdan o‘tganliklari haqidagi hujjatlarga imzo chekishga majbur bo‘lgan.
- 15 sentabr kuni Qodirov Rossiya mintaqalari rahbarlarini Kreml ko‘rsatmalarini kutmaslikka va Ukrainadagi urushga ming nafardan ko‘ngillini jo‘natib, «o‘zini o‘zi safarbar qilish»ga chaqirdi.
- Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 sentabr kuni mamlakatda «qisman safarbarlik» boshlanganini e’lon qildi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlarga 300 mingga yaqin odamni chaqirish rejalashtirilgan. Rossiyaning ko‘plab shaharlarida safarbarlik e’lon qilinganidan keyin norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, mamlakatdan uchib ketish uchun aviachiptalarga talab keskin oshgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tayvanda Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarshi tarixdagi eng katta harbiy mashqlar boshlandi
Jahon | 17:44
-
Turkiyada Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun Grok sun’iy intellekti bloklandi
Jahon | 17:42
-
Issiq havo Yevropada o‘lim holatlari sonini uch baravarga oshirdi
Jahon | 17:41
-
IIVga tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi
O‘zbekiston | 17:01
Mavzuga oid

08:26 / 01.07.2025
Chechenistonda 17 yoshli Adam Qodirovning to‘yi nishonlandi. Aynan u otasining ehtimoliy vorisi sifatida ko‘riladi

18:00 / 05.06.2025
Moskvada o‘g‘irlab ketilgan blogerga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

18:07 / 04.06.2025
Moskva markazida chechenlar odam o‘g‘irlashdi

20:04 / 08.05.2025