“O‘zimdan emas, bolalarim mensiz qolishidan xavotirdaman, buni otasi yo‘qlar tushunadi” – dardni yengish uchun ko‘zi yoshga to‘lgan oila

Jamiyat 14:07 / 23.09.2022 13792

Otalik shunday mas’uliyatki, boshingga tashvish tushganda ko‘z o‘ngingda eng avval bolalaring gavdalanadi. Ularning taqdiri, hali yoshligi haqida o‘ylay boshlaysan. O‘z joningdan ham avval xayolingga keladigani — bolalarim kelajagi nima bo‘ladi?

Dilshod aka ham jigar sirrozi ekanligini bilganida bolalarining otasiz qolishidan xavotirga tushadi.

“Sog‘lig‘imni yo‘qotganimda eng katta boyligimni yo‘qotganimni angladim. Chunki mening sog‘lig‘im ortida bolalarim taqdiri turibdi. O‘g‘illarimni o‘qitaman, yurtga nafi tegadigan inson qilaman, degan niyatlarim bor edi. Farzandlarimning otasiz qolishidan qo‘rqyapman. Boshiga tushganlargina otasizlik nima ekanligini tushunadi...”, deydi Dilshod aka o‘kinch bilan.

Avto maktabda instruktor bo‘lib ishlab, oilasini boqib yurgan Dilshod akaning chap qo‘li, qorni ishib ketadi. Analiz natijalari yurakka yaqin joyda tromb borligini ko‘rsatadi. Ammo bu hammasi emas ekan. UZI tekshiruvida jigarining sirrozga uchragani ma’lum bo‘ladi.

“Oddiy oilada katta bo‘lganman. Ro‘zg‘ordan orttirib, yig‘inib olgan mashinam bor edi. Bitta mashina puli yetsa kerak, deb o‘ylagandim. Shuni sotib Turkiyaga davolangani ketdim. Lekin adashgan ekanman. Shifokor hali yosh ekansan, jigaringni alishtirmasa bo‘lmaydi deb aytdi. O‘zbekistonga qaytib keldim. Menda operatsiyaga yetarli pul yo‘q edi. Ishlash, bir kilodan og‘ir yuk ko‘tarish mumkin emas. Jigarlarimning boriga shukur, ro‘zg‘orimizga yordamlashib turishibdi. Ukam donorlik qilishga rozi. Otamning o‘zi og‘ir kasal. Hozir operatsiyaga yetarli mablag‘ni yig‘olmayapmiz”, deydi bemor ilojsizlikdan yig‘lab.  

Bemorga yordam qilish, uning tuzalishiga sababchi bo‘lish savob. Bu orqali ikki bolani otasizlik azobiga duchor bo‘lishdan qutqarish ikki karra savob. Qurbingiz yetsa, bir insonning hayotini asrab qolishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Dilshod Bahromovga oid ma’lumotlar:

Yunionpay: 6262 5700 2544 8103 bemor Dilshod Bahromov nomida

Viza: 4187 8000 0067 1388 bemor Dilshod Bahromov nomida

Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Chig‘atoy darvoza, Xo‘jalik ko‘chasi, 25 uy.

Ko‘proq yangiliklar: