Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Rossiyada armiyaga 1,2 mln kishini chaqirish rejalashtirilmoqda.
Moskvaning rejasi – 16 ming kishi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu safarbarlik e’lon qilinganidan keyin armiyaga 300 ming nafar zaxiradagilar chaqirilishini aytgandi.

Moskvadagi harbiy komissariat. Foto: Mixail Tereshchenko / TASS
Rossiyada «qisman safarbarlik» doirasida armiyaga 1,2 million kishini chaqirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Meduza» federal vazirlikka yaqin manbasiga tayanib xabar berdi.
Shu bilan birga, nashrning Moskva rahbariyatiga yaqin yana bir manbasi poytaxtda 18 ming nafargacha kishi safarbar qilinishi rejalashtirilganini aytdi.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Peterburgda 3,2 mingga yaqin kishini armiyaga chaqirish rejalashtirilmoqda.
Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, oblast markazlaridan «minimum miqdorda olish tavsiya etilgan».
«Qishloq rayonlariga borishyapti, u yerda OAV, muxolifat yo‘q va urushni ko‘proq qo‘llab-quvvatlashadi», degan manba.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu safarbarlik e’lon qilinganidan keyin armiyaga 300 ming nafar zaxiradagilar chaqirilishini aytgandi.
Safarbarlikka jalb etiladiganlar soni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tegishli farmoni 7-bandida ko‘rsatilgan. Bu band maxfiy.
22 sentabr kuni «Novaya gazeta. Yevropa» prezident ma’muriyatidagi manbasiga tayanib, 7-bandda bir millionga yaqin kishi armiyaga chaqirilishi aytilgani haqida yozdi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarni yolg‘on deb atadi.
Peskov avvalroq 7-bandda safarbarlikka jalb etiladiganlar soni ko‘rsatilganini aytgan, ammo ularning aniq soni to‘g‘risida ma’lumot bermagandi. Kreml vakili Shoyguning so‘zlariga asoslangan: «Aytishim mumkin bo‘lgan yagona narsa shuki, Sergey Kujugetovich Shoygu intervyusida „300 ming kishi” degan. Gap 300 mingga yaqin kishi to‘g‘risida bormoqda».
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17
-
Kichik Chimyon tog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 23:00
-
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda
Jamiyat | 22:27
-
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Jahon | 22:19
Mavzuga oid

18:59 / 01.07.2025
Rossiya mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari 13 yilga qamaldi

23:17 / 17.06.2025
KXDR ishchilari Rossiyaning Kursk viloyatini tiklash uchun yuboriladi

21:50 / 26.05.2025
Rosgvardiya birinchi marta paytavalardan voz kechadi

08:40 / 13.05.2025