Britaniya slanets gazini qazib olishga moratoriyni bekor qildi

Jahon 09:25 / 23.09.2022 3996

Buyuk Britaniya hukumati 22 sentabr, payshanba kuni mamlakatning «energetika xavfsizligini mustahkamlash» maqsadida slanets tabiiy gazini gidravlik yo‘l bilan qazib olishga qo‘yilgan moratoriyni bekor qildi.

Buyuk Britaniya hukumati Angliyada slanets gazini qazib olishga qo‘yilgan moratoriyni bekor qildi hamda neft va gaz litsenziyasining yangi bosqichini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi, deyiladi xabarda. Rasmiylar yangi konlarni o‘zlashtiruvchilarga 100 dan ortiq litsenziyalar berishi kutilmoqda, shundan so‘ng ular mahalliy hokimiyat va nazorat organlaridan kon qazish uchun ruxsat olishlari kerak.

«Putinning Ukrainaga noqonuniy bostirib kirishi va energiyani qurolga aylantirishi nuqtayi nazaridan, energetika xavfsizligimizni mustahkamlash mutlaq ustuvor vazifadir. Biz barcha mavjud variantlarni o‘rganishimiz kerak, shuning uchun har qanday potensial manbalarni amalga oshirish uchun moratoriyni bekor qilganimiz to‘g‘ri bo‘ldi», - deya ta’kidladi hukumat.

«Moratoriyning bekor qilinishi slanets sanoatiga Buyuk Britaniyaning kelgusi o‘n yilliklarda ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli miqdorda tabiiy gazni olishga yordam beradi», deya mamlakatdagi eng yirik qazib olish quduqlariga egalik qiluvchi Cuadrilla kompaniyasi hukumat qarorini olqishladi.

Buyuk Britaniyada 2019 yildan beri zilzila xavfi tufayli gaz qazib olishda gidravlik yoriqlar usulidan foydalanish taqiqlangan. Atrof-muhit faollari suvning zaharli kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishi ehtimoli tufayli frekingga qarshi.

Reuters agentligi bilan suhbatlashgan ekspertlar moratoriyni bekor qilish energiya narxini pasaytirishga yordam berishiga shubha qilishdi, chunki sanoatni rivojlantirish uchun ko‘p yillar kerak bo‘ladi.

«Xavflar boshqarilishi mumkin va maqbul bo‘lib chiqsa ham, slanets gazi kelgusi o‘n yil ichida minglab muvaffaqiyatli konlar qazilsa, Buyuk Britaniya ta’minotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi», dedi Darem universiteti professori Endryu Aplin agentlikka.

Ko‘proq yangiliklar: