Yil oxiriga qadar yo‘lovchi vagonlar bir qismi kapital ta’mirdan so‘ng yangilanadi

O‘zbekiston 07:20 / 22.09.2022 3944

Faqatgina joriy oy oxiriga qadar zavod tomonidan 20 dona yo‘lovchi vagonlari kapital ta’mirdan so‘ng foydalanishga topshiriladi, ulardan 8 tasi platskarta toifadagi vagonlardan iborat bo‘ladi. Kelgusida ushbu zavod har oyda 20 ta yo‘lovchi vagonini ta’mirdan chiqarib, ularni foydalanishga topshirish rejalashtirmoqda.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" xabariga ko‘ra, zavodda yangi loyihalarni amalga oshirish, vagon konstruksiyalarini yaratish va takomillashtirish hamda ularni ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar bilan hamkorlikda qator ishlar olib borilmoqda.

Viloyatlararo yo‘nalishdagi poyezdlarga bo‘lgan yuqori talabni hisobga olgan holda, 12 soatdan ko‘proq vaqt davomida poyezdlarda isitish, shamollatish va havoni mo‘’tadillashtirish tizimlarini o‘rnatish bilan bog‘liq ishlar olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: