Qishloqlarda chet tilini o‘rgatuvchi ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratiladi

O‘zbekiston 09:49 / 22.09.2022 1724

Subsidiya nodavlat ta’lim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi: bino va o‘quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o‘qitish texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga; zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to‘lashga.

Nodavlat ta’lim tashkiloti subsidiya olish uchun kalendar yil har choragi birinchi oyi 10 sanasigacha YaIDXPda elektron ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi. Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:

  • 2 yilga mo‘ljallangan biznes reja;
  • mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to‘g‘risida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari;
  • pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
  • pedagog kadrlar xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
  • ta’lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o‘quv xonalari ijara shartnomasi (ko‘chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun).
  • Subsidiya talabgorlaridan yuqorida ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi. Talabgor tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun to‘lov amalga oshirilmaydi. Tartib 2022 yil 1 oktyabrdan amalga kiritiladi.
Ko‘proq yangiliklar: