Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda bog‘cha tarbiyachisi o‘z hamkasblarining bank kartasidagi pullarni o‘g‘irladi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi G.K. va F.M. IIBga ariza bilan murojaat qilib, bank kartalaridan pullarini yechib olgan shaxsga chora ko‘rishni so‘rashgan.
Arizaga ko‘ra, noma’lum shaxs ularning bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, G.K.ning bank kartasida bo‘lgan 2 854 000 so‘m hamda F.M.ning bank kartasida bo‘lgan 3 977 383 so‘m miqdoridagi pullarini yechib olgan.

Tekshiruvlar natijasida, ushbu jinoyatni jabrlanuvchilarning hamkasbi Koson tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan qiz sodir etgani aniqlangan.
Surishtiruv davomida, qiz bank kartasi ma’lumotlari va jabrlanuvchilarning telefoniga kelgan sms-kodni olib, pullarni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, qizga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqandlik 17 yoshli o‘smir Telegram’da soxta aksiya o‘tkazib, 28 kishining bank kartasidagi pullarni yechib olgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:30
Mavzuga oid

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025