O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarni yana bir bor harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi

O‘zbekiston 07:19 / 22.09.2022 5370

Elchixona ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxs xorijiy davlat fuqaroligiga tegishli deb e’tirof etilmaydi. O‘zbekiston prezidenti farmoni e’lon qilingan kundan boshlab O‘zbekiston fuqaroligi bekor qilinadi.

Shu munosabat bilan, diplomatik vakolatxona Jinoyat kodeksi 154-moddasiga ko‘ra «yollanish» - xorijiy davlat hududidagi qurolli to‘qnashuvlarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishi, ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishini eslatib o‘tgan.

Elchixona Jinoyat kodeksi yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etgani to‘g‘risida xolis ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi. 

Elchixona o‘zbekistonliklarni da’vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.

Ko‘proq yangiliklar: